Tyutorlik lavozimiga bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinadi
Guliston davlat universiteti
Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida tyutorlik lavozimi uchun bo‘sh ish
o‘rinlari mavjudligini ma’lum qiladi.
Tyutorlik faoliyati talabalarning
ta’lim jarayoni, ijtimoiy faolligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi ishtiroki
hamda universitet hayotiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Mazkur lavozimda faoliyat yuritishni
istagan, mas’uliyatli, tashabbuskor va talabalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega
nomzodlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar qo‘shimcha ma’lumot olish hamda hujjat topshirish uchun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat etishlari so‘raladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文