Filologiya fakulteti

Title

Filologiya fakulteti dekani: Shayzakov G'ulom Muxtarovich

Ma'lumoti: Oliy

rus, ingliz tillari

(+99894) 355-22-88

 shayzakov_gulom@guldu.uz, gulomjonshayzakov@gmail.com


Hozirgi kunda “Ingliz va o‘zbek tillarida “zamon” funktsional-semantik maydoni” mavzusida ilmiy ish olib borayapti. G‘.M.Shayzakov fundamental va amaliy tadqiqotlar loyihalarida ishtirok etgan va shu kunga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar, 3 ta uslubiy ko‘rsatma, 1 ta monografiya chop ettirgan.
2003-2004 yy. - Zomin tumani 36-o‘rta maktab ishchisi
2004-2008 yy. - Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi
2008-2009 yy. - Guliston davlat universiteti “Chet tili (fakultetlararo)” kafedrasi o‘qituvchisi
2009-2013 yy. - Guliston davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti ” kafedrasi kabinet mudiri
2013-2015 yy - Samarqand davlat chet tillar instituti lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi magistranti
2015-2017 yy - Guliston davlat universiteti fakultetlararo chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi
2017-2020 yy - Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini
2021-2022 yy - Guliston davlat universiteti “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi o‘qituvchisi
2022-2026.yy. - Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2026-yildan Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda
2019 yil Toshkent shahri Bosh ilmiy metodik markazda (BIMM) malaka oshirgan
2023-yil Samarqand Davlat universiteti huzuridagi PKQTMOMM da malaka oshirgan
Xorijiy til (Ingliz tili), Chet tilini oʻqitishning integrallashgan kursi



O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari: Rashidov Ashurali Suyunovich

Ma'lumoti: Oliy

rus, ingliz tillari

(+99897) 777-14-28

 rashidov_ashirali@guldu.uz

1995 - 1999 yy. - O‘zDJTU talabasi
1999 - 2000 yy. - Guliston davlat universiteti “Chet tillar” kafedrasi o‘qituvchisi
2000 - 2002 yy. - O‘zDJTU magistranti
2002 - 2020 yy. - Guliston davlat universitetining “Chet tillar” kafedrasi o‘qituvchisi
2020 y. - h.v. - Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2013-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
2016-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
2019-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
2021-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Tarjima nazariyasi va amaliyoti




Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari:Toshmamatov Shermamat Xolmamatovich

Ma'lumoti:oliy

Qabul kunlari: har kuni 9:00-17:00 (shanbadan tashqari)

rus, ingliz tillari

 +998 50 211 66 28

  shermamat@guldu.uz

2019–2021 yy. - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari
2021–2022 yy. - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i
2022–2022 yy. aprel-may - Sirdaryo viloyati IIB ixtiyorida
2022–2023 yy. oktabr - Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, tashkiliy-tahlil bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori
2024–2024 yy. mart-iyun - "WANG DA GROUP" MChJ Xo‘jalik xizmati bo‘limi boshlig‘i
2024–2025 yy. - "TAI CHANG SPECIAL STEEL" MChJ xo‘jalik mudiri
2025–2026 yy. - Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti tyutori
2026 y.dan h.v - Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari
-- --
-- --



Fakultet kafedralari:
- Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
- O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
- O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi
- Rus tili va adabiyoti kafedrasi
- Fakultetlararo chet tillar kafedrasi

Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:
70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili)
70230101 – Lingvistika (rus tili)
70230101 – Lingvistika (ingliz tili)
70230104 – Adabiyotshunoslik (oʻzbek adabiyoti)

Fakultet professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni tadbiq etish borasidagi ishlarda faol qatnashishmoqda. Professor-o‘qituvchilar yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratmoqdalar. Respublika va xorij o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Bular jumlasiga, Pushkin nomli Moskva pedagogika universiteti, Balashovo universiteti, Kembrij universiteti (Angliya), Chimkent universiteti (Qozog‘iston), O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti, O‘zMU, SamDU, TDPU, TDJTU kiradi. Fakul’tet professor-o‘qituvchilari Rossiya milliy markazi, Gyote institutlari bilan hamkorlik o‘rnatishgan. Fakultet kafedralarida dolzarb ilmiy mavzularda tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “Chet tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda distansion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodlari”, “O‘zbek tili va adabiyoti fanining dolzarb muammolari”, “Ingliz tilini o‘qitishda informatsion texnologiyalar orqali kommunikativ ta’limning uzluksizligini ta’minlash”, “Uzluksiz ta’lim tizimida rus tili va adabiyotini o‘qitishning dolzarb masalalari”, “Qozoq tili va adabiyotining dolzarb muammolari va o‘qitish metodikasi” kabi ilmiy muammolar shular jumlasidandir. Fakultetda "Yosh olimlar kengashi" bilan birga mavjud kafedralarning barchasi qoshida Kichik maktab va fan to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Yosh adabiyotshunos, Yosh sharqshunos, Yosh tilshunos, Slovestnik, Til ko‘kjiegi, Learning English, English club, Book club, "Til markazi" kabi to‘garak va klublarga iqtidorli talabalar jalb qilingan bo‘lib, ularning ilmiy izlanishlari natijalari to‘plam holida muntazam ravishda nashr qilinib kelinmoqda. Hozirgi paytda fakultetda 3 nafar fan doktori, professor, 22 nafar fan nomzodi, dosentlar, 58 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 10 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlangan. Fakultetdagi 5 ta kafedrada ishlayotgan 83 nafar professor-o‘qituvchilar o‘zbek tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo‘nalishlarida samarali tadqiqotlar olib borishmoqda.

Kafedralar

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?