San'atshunoslik fakulteti
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
San'atshunoslik fakulteti

Fakultet mamuriyati

San’atshunoslik fakulteti dekani:Bobojonov Axmadjon Xudoyberdiyevich

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (seshanba va chorshanbadan tashqari)

Telefon(+99897-277-79-02)

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari: Nusharov Bobur Bolibekovich

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (shanbadan tashqari)

Telefon (+99897-345-86-31)

SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI TARKIBI :

1. Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi kafedrasi

2. Musiqiy ta’lim kafedrasi

 

MALAKA TALABLARI

1. Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi kafedrasi

2. Musiqiy ta’lim kafedrasi

 

SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI TARIXI

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 19martdagi Videoselektr majlisining 12-sonli bayoni 9-bandida belgilangan topshiriqlari bo’yicha, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 404-sonli buyrug’iga asosan  Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti tashkil topgan bo’lib, unda ikkita kafedra: “Musiqiy ta’lim”, “Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi” kafedralari faoliyat yuritadi.

 

 SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI FAOLIYATI

 “Musiqiy ta’lim” kafedrasi tarkibida Musiqa ta’limi, Vokal san’ati, Cholg’uchilik san’ati va Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish  ta’lim yo’nalishlari mavjud bo’lib,   unda musiqa yo’nalishi bo’yicha boshlang’ich ta’lim olgan yoshlar, turli musiqiy ko’rik tanlovlarda ishtiroketgan va unda g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar taxsil oladi.  

Kafedra  tayanch oliy  o’quv yurtlari, O’zbkiston davlat  konservatoriyasi, Toshkent davlat  madaniyat va  san’at instituti va Toshkent  davlat  pedagogika universiteti  bilan o’zaro hamkorlikni  yo’lga  qo’ygan.

Fakultet talabalari   musiqa san’ati bo’yicha ko’plab Respublika miqyosidagi tanlovlarda g’oliblikni kiritib kelmoqdalar. Shuningdek kafedrada O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdullaeva Ozoda Mo’minjonovna va ko’plab ko’p  yillik  tajribaga  ega  bo’lgan  ustozlar  va  san’at oliygohlarini tamomlagan malakali  mutaxassislar talabalarga musiqa  va san’at sirlarini o’rgatishmoqda. 2019-2020 o’quv  yilida kafedrada  “Teatr san’ati”,  “Maqomchilar”, “Dutorchilar”, “Doirachilar” to’garaklari  faoliyat olib  bormoqda. Bu  to’garaklarning  iqtidorli ishtirokchilari universitetda,  viloyat miqyosida va  paxta terimida yordam  berayotgan harbiy oliy o’quv  yurtlari kursantlariga o’zlarining  qiziqarli  konsert  dasturlarini  namoyish  qilishmoqda.

“Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi” kafedrasi tarkibida Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi , Rangtasvir, Amaliy san’at  ta’lim yo’nalishlari mavjud bo’lib,   unda turli tasviriy soxasidagi ko’rgazmalar va ko’rik tanlovlarda ishtirok etgan va unda g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar taxsil oladi. Jumladan xar yili aprel oyida  ananaviy bo’lib o’tadigan Tasviriy san’at festivalida talabalarimiz faol ishtirok etib, 2 kurs talabasi Abdullaev Abdulaziz Oltin medal soxibi bo’ldi.

Kafedrada 2 nafar O’zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a’zolari va ko’plab o’z kasbining etuk kadrlari faoliyat ko’rsatadi.

1294 | 2019-12-26 10:38
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
DOKTORLIK DIPLOMI TOPShIRILDI

Guliston davlat universiteti kichik faollar zalida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog’ida tug’ilgan Kamola Abrorxonovaga doktorlik diplomi topshirishga bag’ishlangan tantana bo’lib o’tdi. Tantanani Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o’qigan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha magistraturada va doktaranturada ta’lim olgan. 2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o’pirilishi natijasida yuzaga kelgan talofatda Kamola Abrorxonova oilasi ham katta talofat ko’rgan. Sardoba suv ombori talofatlarini bartaraf etish uchun muhtaram Prezidentimiz to’rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

2020 yil 15 may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning jabrlangan aholi bilan bo’lgan suhbatida Kamola Abrorxonova
ham o’z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

3-bosqich
doktoranti Kamola Abrorxonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini innovatsion yondashuv
asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
ilmiy tadqiqotini yakunlaganligini aytib o’tdi.

Diplom
topshirish marosimida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Alisher Umarov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya
komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov, Guliston davlat universiteti rektori Muxsin
Xodjiev, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti prorektori, ilmiy rahbari, pedagogika
fanlar doktori, professor Barno Abdullaeva, Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari
Otabek Nosirov, biologiya fanlori doktori, professor Hazratqul Qarshiboev, O’zbekiston
jaxon tillari universiteti o’qituvchisi Ilyos Quvondiqovlar so’zga chiqdilar.

Oliy
Attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali
ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi. Tantana so’ngida so’zga chiqqan Kamola
Abrorxonova ilm fan rivojiga, yoshlarga katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga, ilmiy rahbariga, Mirzaobod tumanidagi 17-maktab,
Guliston shahridagi 2-pedagogika kolleji jamoalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Yigirma
sakkiz yoshli yangi fan doktoriga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’alari va
gullar taqdim qilindi. 

R.Mahmudov

Matbuot kotibi

554 | 2020-05-19 12:56
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->