Matematika kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistratura

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Matematika kafedrasi

Title


Matematika kafedrasi mudiri: Gaimnazarov Olimjon Gulmurodovich

pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Qabul kunlari: Seshanba - Chorshanba (14:00-16:00)

rus, ingliz tillari

+99897-224-56-00

GAIMNAZAROV_OLIMDJON@guldu.uz

Gaimnazarov Olimjon Gulmurodovich 1976-yil 21-dekabrda tugʻilgan, millati oʻzbek.
1998-yilda Xoʻjand davlat universitetining “Matematika” fakultetini “Matematika” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
2019-yil pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻldi. Dissertatsiyasini 2019-yil 4-aprelda Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.48.01. raqamli ilmiy kengashda “Matematika darslarida kollej oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida “13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Umumiy ilmiy-pedagogik staji – 25 yil.
1993-1998 yillar Xoʻjand davlat universiteti talabasi.
1998-2004 yillar Guliston davlat universiteti “Matematik tahlil” kafedrasi laboranti, katta laboranti, oʻqituvchisi.
2004-2005 yillar Guliston kompyuter va axborot texnalogiyalari kasb-hunar kolleji matematika va informatika oʻqituvchisi.
2005-2008 yillar Guliston davlat universiteti “Umumiy matematika” kafedrasi aspirant.
2008-2013 yillar Guliston davlat universiteti “Umumiy matematika” kafedrasi oʻqituvchisi.
2013-2020 yillar Guliston davlat universitetining “Umumiy matematika” kafedrasi katta oʻqituvchisi (2015 yildan “Matematika” kafedrasi).
2020-2021 yillar Guliston davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari.
2021-2022 yillar Guliston davlat universitetining Matematika kafedrasi dotsenti.
05.09.2022-yildan Guliston davlat universitetining Matematika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
O.G.Gaimnazarov Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogic kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2022-yil 01-dekabrdan 29-dekabrgacha 288 soatga mo`ljallangan “Matematika oʻqitish metodikasi” kursini tugatgan. O.G.Gaimnazarov Bosh ilmiy-metodik markazda Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan 72 soatga mo'ljallangan "Masofaviy ta'limni tashkil etish texnologiyalari" masofaviy kursini, 72 soatga mo'ljallangan "English (Beginner)" masofaviy kursini, 72 soatga mo'ljallangan "Raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot" masofaviy kursini, 24 soatga mo'ljallangan "Kredit-modul tizimi asosida ta'lim jarayonlarini tashkil etish" masofaviy kursini to'liq o'zlashtirgan.
O.G.Gaimnazarov ilmiy pedogogik faoliyati davomida jami 70 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan.
Shulardan, 1ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta o’quv–uslubiy qo’llanma, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislardir.
Soʻnggi 3 yilda chop etgan ilmiy maqolalari:
1. Gaimnazarov O.G. Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini integratsiyalash. «Barqaror rivojlanishda uzluksiz ta’lim: muammo va echimlar» Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlar to’plami. 21-24 may, 2019 yil Chirchiq sh.
2. Gaimnazarov O.G. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasbiy madaniyatni shakllantirish jarayoni. “Faol investitsion muhitni shakllantirishda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi XVI respublika ilmiy-amaliy ronferentsiyasi materiallari. II qism, Samarqand, 2019 yil, 7 iyun.
3. Gaimnazarov O.G., Qo’chqorov M.Ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasbiy madaniyat. Oliy ta’lim islohotlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent, 2019 yil 25-26 oktyabr
O.G.Gaimnazarov universitetda I, II, III, IV bosqichlarida, “Matematika” kafedrasida oʻquv rejasida keltirilgan quyidagi fanlardan ma’ruza, seminar va amaliy mashgʻulotlarni olib boradi: Analitik geomatriya, Matematika o’qitish metodikasi, Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida matematika ta’limi jarayonini kompleks loyihalashtirish, Matematika tarixi.



Kafedra tarixi
Kafedra 1971-yilda tashkil topgan boʻlib, dastlab kafedra “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Matematika va geometriya oʻqitish metodikasi”, “Matematik analiz” nomlari bilan faoliyat yuritgan.

1999-yildan boshlab “Matematik analiz”, “Matematika oʻqitish metodikasi” kafedralari birlashtirilib “Umumiy matematika” kafedralari deb nomlangan, 2014-yildan boshlab, “Matematika” kafedrasi nomi bilan atalib kelmoqda.

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar
Bakalavr (kunduzgi, sirtqi):
60540100 – “Matematika”, ta’lim yoʻnalishi – kunduzgi (oʻzbek va rus)
60540100 – “Matematika”, ta’lim yoʻnalishi – sirtqi (oʻzbek)
Magistratura (kunduzgi):
70540101 - Matematika(yoʻnalishlar boʻyicha-matematik analiz) – kunduzgi (oʻzbek)



12020 | 2017-12-28 09:40

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news