Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi
.png)
Muzey direktori: Erbutayeva Ugiloy
Qabul kunlari: Seshanba – Payshanba (15:00-17:00)
rus tili
998 99 607 22 90
Tarix fanlari nomzodi, dotsent Do‘stlik ordeni mukofoti sovrindori.
50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi
Qatag‘on qurbonlari (Sirdaryo viloyati misolida) Qadimda Mirzacho‘l hozirda yashnayotgan Sirdaryo
.png)
Ilmiy xodim: O‘rmonov Xusniddin Baxriddin o‘g‘li
Qabul kunlari: Seshanba – Payshanba (14:00-17:00)
rus tili
998 99 472 63 88
urmonov94@list.ru
1925-1950-yillarda Sirdaryo viloyati hududidagi qatag‘onlik siyosati
50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi “FondKarimov” xayriya jamoatchilik fondi granti sovrindori
Qatag‘on qurbonlari (Sirdaryo viloyati misolida) Qadimda Mirzacho‘l hozirda yashnayotgan Sirdaryo

Zal nazoratchisi: Mirzayeva Madinabonu Valijanovna
Qabul kunlari: Seshanba – Payshanba (14:00-17:00)
rus tili
998 91 505 63 76
- -

Fond saqlovchi: Qudratova Yulduz Akbaraliyevna
Qabul kunlari: Seshanba – Payshanba (14:00-17:00)
rus tili
998 99 989 13 53
- -
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI TUZILMASIDAGI QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI MA’LUMOT Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovichning 2017-yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashriflari chog‘ida “Bu muzey muzeylarning muzeyi... bu kabi muzeylar har bir viloyat markazida, xududlardagi oliy ta’lim muassasalari qoshida bo‘lishi lozim”, - degan topshiriqlari ijrosi o‘laroq. El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni xaqqoniy va to‘laqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag‘onlar tufayli qurbon bo‘lgan, insoniylik sha’ni, qadir qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 – noyabrdagi № 936-sonli qarori asosida Guliston davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi 2019-yi 1-fevraldan o‘z faoliyatini boshlagan. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi milliy manaviyatimizni yuksalishida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muzeylardan biridir. Muzey ekspozitsiyasini tashkil qilish uchun kerakli bo‘lgan ashyoviy baza yaratilgan. Tegishli arxiv xujjatlari, fotosuratlar, ashyoviy buyumlar, kitoblar, videomateriallar to‘plangan. Viloyatimizdagi o‘lkashunoslik muzeyida saqlanayotgan qatag‘onlik davriga oid eksponatlar, kerakli xujjatlar ishchi guruh a’zolari tomonidan muzeyga olib kelingan. Muzeyda asosan 1860-1990-yillar oralig‘ida yuz bergan qatag‘onlikning og‘ir jabr-zulumlarini boshidan o‘tkazgan shaxslarning kundaliklari, raxbariyat bilan yozishmalari, ularning saqlab qo‘ygan kitoblari, kundalik daftarlari va boshqa davlat arxivlarida saqlanayotgan xujjatlardan ko‘chirmalar saqlanadi va tadqiq qilinadi. Ajdodlarini yaxshi bilgan xalqimiz bobolarimiz va momolarimiz etib kelgan boy tarix, ilm-fan, adabiyot va san’at sohalarida yaratilgan asarlar, urf-odatlar, qadriyatlarni avaylab asrab, o‘tgan allomalarni xamisha xotirlab ehtirom bajo keltirmoqda. Buning zamirida shubxasiz, katta mano, teran mohiyat hikmat yotadi. Ma’lumki XX asr boshlarida Turkistoda vujudga kelgan, milliy uyg‘onish harakati namoyondalari xalqni mustamlakachilik, ijtimoiy va madaniy qoloqlikdan olib chiqish uchun harakat qilgan. Afsuski, o‘sha davr xukumron doiralari ota-bobolarimizning ilmiy-ma’naviy salohiyatini yo‘q qilishga qaratilgan qatag‘on siyosatini olib bordi. Ularga nisbatan har-xil tuxmatlar uyushtirib, “Xalq dushmani”, “Vatan xoini”, “Burjua millatchisi” kabi yorliqlar bilan otuvga hukm qilganlar. Muzeyda 1860-yildan 1916-yilgacha xalq qo‘zg‘alonlarida ishtiroki uchun jazolanganlar, Sovet hokimiyatiga qarshi kurash qurbonlari 1917-1924 yillar, siyosiy ayblovlar va “quloqlashtirish” qurbonlari 1925-1936-yillar, “Katta qirg‘in” qurbonlari 1937-1938-yillar, Ikkinchi jahon urushi yillarida hamda 50-yillargacha bo‘lagn davrda qatag‘on qilinganlar, “Paxta ishi” va “O’zbeklar ishi” xronologik yillar kesimida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. MUZEYDA CHOP ETILGAN KITOBLAR
1. O‘.Erbo‘taeva Qatag‘on qurbonlari I kitob Guliston: GulDU 2019.
2. O‘.Erbo‘taeva, H.O‘rmonov. Qatag‘on qurbonlari Sirdaryo viloyati misolida. – Toshkent.: Farzay poligraf. 2022, - 160 b.
3. O‘.Erbo‘taeva, H.O‘rmonov. Millatimiz fidoyilari. – Guliston.: GulDU nashriyoti. 2021, - 92 b.
4. O‘.Erbo‘taeva, H.O‘rmonov. Sirdaryo viloyati tarixi. –Guliston.: GulDU nashriyoti. 2021, -450 b. .
1. O‘.Erbo‘taeva Qatag‘on qurbonlari I kitob Guliston: GulDU 2019.
2. O‘.Erbo‘taeva, H.O‘rmonov. Qatag‘on qurbonlari Sirdaryo viloyati misolida. – Toshkent.: Farzay poligraf. 2022, - 160 b.
3. O‘.Erbo‘taeva, H.O‘rmonov. Millatimiz fidoyilari. – Guliston.: GulDU nashriyoti. 2021, - 92 b.
4. O‘.Erbo‘taeva, H.O‘rmonov. Sirdaryo viloyati tarixi. –Guliston.: GulDU nashriyoti. 2021, -450 b. .
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
