O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoevning oliy majlisga Murojaatnomasi nomli kitobi taqdimoti
Yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish mashxur, mumtoz va zamonaviy badiiy xamda ilmiy ommabop asarlarni , shuningdek, markaziy Osiyo va O’zbekiston buyuk tarixchilari, shoirlar, yozuvchilari va davlat arboblarining asarlarini talabalar o’rtasida targ’ib etish maqsadida joriy yilning 4 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Oliy Majlisga Murojaatnomasi” kitobining taqdimoti o’tkazildi. Taqdimot davomida universitet Axborot-resurs markazi direktori Obidjon Oqyigitov hamda Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasining katta o’qituvchisi Yo’ldosh Karimovlar ushbu kitobning mazmun mohiyati to’g’risida so’z yurita turib, Murojaatnomada asosan mamlakatimizning 2018 yil innovatsion rivojlanishdagi ustuvor yo’nalishlari ochib berilganligini aytib o’tishdi. Tadbirda qatnashgan talabalar Murojaatnoma bilan tanishib chiqqanligi, unda ko’rsatilgan ustuvor yo’nalishlar to’g’risida etarlicha ma’lumotga ega bo’lganligi davra suhbatini qiziqarli va sermahsul o’tishini ta’minladi. Qatnashchilar tadbir davomida o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’liq javoblar olishdi.
Axborot-resurs markazi etakchi mutaxassisi
O.Ibragimova
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
