MENING ILK OVOZIM

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo’limi tashabbusi bilan Guliston davlat universitetida “Mening ilk ovozim” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Universitet majlislar zalida bo’lib o’tgan tadbirda oliygohning Filologiya fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda O`zliDeP Cirdaryo viloyat Kengashi huzuridagi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Dilshod To’raqulov hamda partiya Yoshlar bilan ishlash bo’limi etakchi mutaxassisi Elyor Jo’raevlar O’zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi hamda mamlakatimizda bo’lib o’tadigan bu yilgi saylovlarning alohida xususiyatlari to’g’risida ma’ruza va tushuntirishlar olib borishdi. Ma’lumki joriy yilgi saylovlarda mamlakatimizda ikki milliondan ortiq yoshlar ilk bor ovoz berish jarayonida qatnashishadi. Saylovlarda yoshlarning faol ishtiroki, ularning saylov qonunchiligi bo’yicha bilimlari muhim ahamiyatga ega.
Yoshlar bilan bo’lgan jonli, qiziqarli muloqot savol-javoblar asosida ularning shu kuni olgan bilimlari tahlil qilindi.

Elyor JO’RAYEV,
O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi
Yoshlar bilan ishlash bo’limi mutaxassisi

124 | 2019-10-31 21:38
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish