Huquqiy targibot tadbiri otkazildi

2019 yil 6 noyabr kuni universitet madaniyat saroyida “Huquqiy targ‘ibot oyligi” doirasida Sirdaryo viloyat IIB xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda universitet Matbuot kotibi, professor R.Mahmudov, Sirdaryo viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, kapitan Jamshid Shukurov, Guliston shahar IIB tergov bo‘limi katta tergovchisi, moyor Sardor Alibekov, professor-o‘qituvchilar va 500 nafar talabalar qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar bugungi kunda ayrim fuqarolar tomonidan firibgarlik jinoyatlari sodir etilayotgani, sodda odamlarni aldab plastik kartalaridan mablag‘ yechib olish holatlari ko‘paygani, yoshlar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik holatlari uchrayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda yoshlar o‘rtasida turli jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, viloyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida talabalar bilan savol-javob o‘tkazildi.

84 | 2019-11-08 07:19
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish