Mitingda tibbiy madaniyat targib etildi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Mitingda tibbiy madaniyat targib etildi

Joriy yilning 15 noyabr  kuni O’zbekiston “Adolat” SDP Boyovut tuman Kengashi tomonidan “Aholining tibbiy madaniyatini oshirish –davr talabi” mavzusida saylovoldi targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Partiya faollari, deputatlar, bo’lajak saylovga ko’rsatilgan nomzodlar, keng jamoatchilik – o’qituvchilar, shifokorlar, nafaqaxo’rlar, haydovchilar, talaba-yoshlar ishtirok etgan mazkur tadbir tuman “Madaniyat va istirohat bog’i”da o’tkazildi.
Bugungi davr har bir kishidan yuqori tibbiy bilimga ega bo’lishni talab etmoqda. Zero, tibbiy ko’nikma va bilimlar kishini sog’lom turmush tarziga undaydi. Tadbirga yig’ilgan ishtirokchilarning e’tibori shu va boshqa fikrlarga qaratildi. Tuman partiya Kengashi raisi saylovoldi dasturida aks etgan yo’nalishlar va muammolarni hal etish bo’yicha ilgari surilayotgan g’oyalar xususida axborotlar berdi. Jumladan, partiya aholiga bepul va sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish ishlarini takomillashtirish bo’yicha aniq dastur va g’oyani olib chiqayotganligi ta’kidlandi. Inson organlari transplantatsiyasi bo’yicha ham qonun yaratilishida partiya o’z tashabbusini ilgari surayotganligi aytib o’tildi. Bu qonun amaliyotga joriy etilsa, ko’plab fuqarolarning mushkuli bartaraf etilishida, murakkab donorlik operatsiyalarini chet davlatlarga bormasdan ham o’zimizning mamlakatimizda amalga oshirish mumkinligi tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.
Shuningdek, har bir inson o’z sog’ligi muhofazasi bo’yicha jiddiy ahamiyat qaratishi, o’z-o’zini nazorat eta borishi, turli hil kasalliklarning oldini olishda tibbiy bilimlarini o’stirishi lozimligi e’tirof etildi. O’z navbatida partiya quyi tizimida faoliyat yuritayotgan boshlang’ich partiya tashkilotlari bu borada aholiga yaqindan yordam ko’rsatib kelayotganligi ma’lumot sifatida keltirib o’tildi.  
Tadbir davomida yangragan kuy-qo’shiqlar miting qatnashchilariga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi. Siyosiy bilimlarni oshirish maqsadida savol-javoblar o’tkazildi.

1350 | 2019-11-20 09:21
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
DOKTORLIK DIPLOMI TOPShIRILDI

Guliston davlat universiteti kichik faollar zalida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog’ida tug’ilgan Kamola Abrorxonovaga doktorlik diplomi topshirishga bag’ishlangan tantana bo’lib o’tdi. Tantanani Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o’qigan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha magistraturada va doktaranturada ta’lim olgan. 2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o’pirilishi natijasida yuzaga kelgan talofatda Kamola Abrorxonova oilasi ham katta talofat ko’rgan. Sardoba suv ombori talofatlarini bartaraf etish uchun muhtaram Prezidentimiz to’rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

2020 yil 15 may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning jabrlangan aholi bilan bo’lgan suhbatida Kamola Abrorxonova
ham o’z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

3-bosqich
doktoranti Kamola Abrorxonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini innovatsion yondashuv
asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
ilmiy tadqiqotini yakunlaganligini aytib o’tdi.

Diplom
topshirish marosimida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Alisher Umarov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya
komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov, Guliston davlat universiteti rektori Muxsin
Xodjiev, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti prorektori, ilmiy rahbari, pedagogika
fanlar doktori, professor Barno Abdullaeva, Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari
Otabek Nosirov, biologiya fanlori doktori, professor Hazratqul Qarshiboev, O’zbekiston
jaxon tillari universiteti o’qituvchisi Ilyos Quvondiqovlar so’zga chiqdilar.

Oliy
Attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali
ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi. Tantana so’ngida so’zga chiqqan Kamola
Abrorxonova ilm fan rivojiga, yoshlarga katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga, ilmiy rahbariga, Mirzaobod tumanidagi 17-maktab,
Guliston shahridagi 2-pedagogika kolleji jamoalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Yigirma
sakkiz yoshli yangi fan doktoriga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’alari va
gullar taqdim qilindi. 

R.Mahmudov

Matbuot kotibi

516 | 2020-05-19 12:56
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->