SAYLOV TALABA-YOSHLAR NIGOHIDA

2019 yil 19 noyabr kuni Guliston davlat universitetida “Mening birinchi ovozim” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbirni Guliston davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Faxriddin Niyazov olib bordi.
Mazkur davra suhbatida O`zLiDeP Cirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo’limi mudiri Husan Jabborov, Siyosiy ta’lim markazi rahbari Dilshod To’raqulov, “Yuksalish” umummilliy harakati Sirdaryo viloyat bo’linmasi rahbari Sarvar Sultonov,Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi rais o’rinbosari Murod Hayitov va ijtimioy-iqtisodiy fakultetining 120 nafar talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda fuqarolarning Konstitutsiyaviy burchi, milliy saylov tizimi, Saylov kodeksining mazmun-mohiyati, saylovni ochiq, shaffof va adolat tamoyillari asosida o’tkazishga qaratilgan islohotlar to’g’risida so’z bordi. Saylovda har bir fuqaro, Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilgan huquqidan foydalanib, o’z hoxish-irodasini erkin ifoda etishi, bu siyosiy tadbirlarga yoshlarning befarq bo’lmasligi alohida ta’kidlandi.
Davra suhbati so’ngida yoshlar o’z takliflarini bildirdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollariga aniq va to’liq javob oldilar.

209 | 2019-11-22 09:43
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish