Mirzaobod tumani aholisining tibbiy madaniyatiga bag’ishlandi

“Aholining tibbiy madaniyatini oshirish -  davr talabi”. Ana shu shior ostida joriy yilning 21 noyabr kuni O’zbekiston “Adolat” SDP Mirzaobod tuman Kengashi tomonidan saylovoldi targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tumandagi “Bolalar va o’smirlar sport maktabi”da tashkillashtirilgan ushbu tadbirga ko’plab partiya ixlosmandlari tashrif buyurdi. Deputatlar, partiya faollari, boshlang’ich partiya tashkilotlari vakillari, deputatlikka ko’rsatilgan nomzodlar, Guliston davlat universiteti jamoasi vakillari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari targ’ibot tadbirida faol ishtirok etishdi.

Ta’kidlandiki, tibbiy madaniyat tushunchasi va u bilan bog’liq amaliyot har bir inson salomatligida muhim o’rin tutadi. Shunday ekan, barcha birdek  bu qoidalarga amal qilishi, o’z sog’ligi haqida qayg’urib, uni asrashi lozim. Tadbir tashkilotchilari tomonidan aholi tibbiy madaniyatini oshirish bo’yicha keng tushunchalar berilar ekan, o’z navbatida partiya ilgari surayotgan g’oyalar asosida ham eng avvalo, inson salomatligi borasidagi dolzarb muammolar olib chiqilayotganligi e’tirof etildi. Ayniqsa, bepul va malakali tibbiy xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish bo’yicha ilgari surilayotgan g’oyalar hayotbaxsh ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o’tildi.

Tadbir davomida ajoyib tarzda tashkil etilgan kontsert dasturi ishtirokchilar kayfiyatining yanada ko’tarinkiligiga xizmat qildi.

214 | 2019-11-26 08:10
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish