BARKAMOL, ERKIN, KUCHLI YOSHLAR JAMIYAT TAYANCHI

2019 yil 26 noyabr kuni Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Mening birinchi ovozim” mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbirda universitetning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Faxriddin Niyazov, partiya viloyat Kengashi xodimlari Dilshod To’raqulov, Elyor Jo’raev, professor-o’qituvchilar va 86 nafar talabalar qatnashdi.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash. Bu yoshlarning Konstitutsiyaviy huquqiy burchi ekanligi,  yoshlarning  o’zi saylovlarda shaxsan ishtirok etib, eng munosib nomzodlarga ovoz berishi, Vatanimiz kelajagi va istiqboli uchun  dahldorlik hissini kuchaytirishdir.
So’zga chiqqanlar Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasining saylovoldi Dasturi (Platformasi)ning mazmun-mohiyatiga to’xtalib o’tildi.
-“Barkamol, erkin, kuchli va jasur yoshlar – jamiyat tayanchi, kelajagimiz bunyodkorlaridir”, - deyiladi partiya saylovoldi dasturida. Shu jumladan unda “Har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlarga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual, ma’naviy salohiyatini, ijtimoiy faolligini oshirish partiyaning muhim vazifalaridan bo’lgan va shunday bo’lib qolmoqda.
Davra suhbati  suhbati savol-javoblar asosida mazmunli o’tdi.

163 | 2019-11-28 07:31
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish