Qo痴hni davlatlardagi oliy ta値im muassasalarida ta値im olayotgan talabalar va ularning ota-onalari diqqatiga!
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obro痴i防ar bir professor撲智ituvchi, xodim va talabaning or墨omusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu値a, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

Kasbiy (ijodiy) imtihonni onlayn kuzatish

QABUL 2020: Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abiturientlar diqqatiga!
2020/2021 o’quv yili uchun Guliston davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha abiturientlarning imtihon joyi, kunlari va vaqtining jadvali va abiturientlar familiyasi, ismi, sharifi, guruh raqami to’g’risida ma’lumot. Abiturientlarga eslatma: Imtihonga ushbu jadvalda ko’rsatilgan kunda va vaqtda, belgilangan joyga, karantin qoidalariga rioya qilgan holda, abiturientning DTM qaydnomasi va pasport bilan etib kelish talab etiladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi va abiturientlarning guruhlar bo’yicha taqsimoti jadvallari (PDF formatda ko’chirib olish): Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi) Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (sirtqi) Rangtasvir (kun…
18994 | 2020-08-25 16:35 | Batafsil
Qo痴hni davlatlardagi oliy ta値im muassasalarida ta値im olayotgan talabalar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Qo’shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O’zbekiston Republikasi fuqarolaridan ularning o’qishini ko’chirish bo’yicha arizalar qabul qilinadi.

Arizalar 2020 yilning 7 fevralidan 15 fevraliga qadar (shu kuni ham) har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi va suhbatlar o’tkaziladi.

✅ O’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar quyidagi mezonlarga asosan qabul qilinadi:

• fuqaroning doimiy yashash manzili (oliy ta’lim muassasasining sig’imi yoki hududdagi oliy ta’lim muassasalarida tegishli soha bo’yicha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari mavjud bo’lmagan holatlarda, istisno tariqasida boshqa viloyatdagi oliy ta’lim muassasasiga tavsiya etilishi mumkin);

• talaba o’qiyotgan bakalavriat ta’lim yo’nalishining o’qishi ko’chirilayotgan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mosligi (bunday yo’nalish mavjud bo’lmagan taqdirda, turdosh ekanligi);

• xorijda talaba o’qiyotgan bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni asosan sirtqi va kechki ta’lim shakllariga tavsiya etish;

• talabalar o’qishini ko’chirishda O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining mavjud imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, jumladan smenalik koeffitsienti, professor-o’qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqalar) inobatga olinadi.

✅  Fuqarolardan Hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so’raladi:

• ariza (joyida to’ldiriladi);

• reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi;

• pasport nusxasi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o’qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko’chirish to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Shu maqsadda Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati bo’yicha o’qishni ko’chirish to’g’risidagi hududiy ishchi guruh tashkil etildi.

Ishchi guruh manzili:

Sirdaryo viloyati Guliston shahri 4-mavze. Guliston davlat universitetining “Yoshlar markazi” binosi. 

Telefon: (+998) 67-225-03-50

1531 | 2020-02-07 12:24

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->