Doktorlik dissertatsiyasi Gulistonda himoya qilinadi

O’zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to’g’risida”gi Qonuni, “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to’g’risidagi Nizom” va “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy Kengash to’g’risidagi Nizom” asosida Oliy attestatsiya komissiyasi Raisining 2020 yil 27 fevraldagi “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish to’g’risida”gi 76-sonli qaroriga asosan Guliston davlat universitetida 10.00.01 – “O’zbek tili” va 10.00.02 – “O’zbek adabiyoti” ixtisosliklariga filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilinishiga ruxsat berildi.

Yangi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga filologiya fanlari doktori, professor Yormat Tojiev – rais, filologiya fanlari doktori, professor Nasimxon Raxmonov – rais o’rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muzaffar Mamatqulov – ilmiy kotib hamda 12 nafar fan doktorlari va nomzodlaridan iborat ilmiy Kengash a’zolari tasdiqlandi. Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar rahbari va 15 nafar a’zolari ham tasdiqlandi.

Filologlar, Guliston davlat universitetida falsafa doktori dissertatsiyalarini himoya qiladilar. Bu yosh olimlar ko’payishiga yana bir imkoniyatdir. 

R.Mahmudov,

matbuot kotibi

279 | 2020-03-14 15:23
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish