Guliston davlat universiteti tomonidan Bioxilma-xillikni saqlash va rivojlantirish mavzusida Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan ilmiy-tadbirlar rejasiga asosan,  2020 yil 17 aprel kuni Guliston davlat universiteti tomonidan “Bioxilma-xillikni saqlash va rivojlantirish” mavzusidagi Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani ZOOM dasturi orqali tashkil etildi.

Anjumanda GulDU rektori, t.f.d., prof M.T.Xodjiev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor A.Sulaymanov,  GulDU Biologiya kafedrasi professori, b.f.d., H.H.Qo’shiev (O’simliklar o’sish va rivojlanishiga biotik va abiotik omillar ta’siri), GulDU Botanika va dorivor o’simliklar kafedrasi mudiri, professor, b.f.d., H.Q.Qarshiboev (O’simliklar bioxilma-xilligini muhofaza qilishning dolzarb masalalari), BuxDU Ekologiya kafedrasi professori, b.f.d., A.E.Xolliev (G’o’zaga suv tanqisligining ekofiziologik ta’siri), O’zMU Analitik kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.n., J.N. Tadjibaev ( (II) ), GulDU professori, b.f.d., A.Pazilov, AndDU Botanika va ekologiya kafedrasi doktoranti F.U.Umarov (Farg’ona vodiysi Chilustun tog’lari quruqlik mollyuskalarining bioxilma-xilligi va ekologiyasi)lar o’zlarining ma’ruzalari bilan onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Onlayn anjumanni Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar  onlayn tarzda kuzatib borishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

Anjumanga kelib tushgan maqolalar ishchi guruh tomonidan tahlil qilib chiqildi va to’plam sifatida chop etildi. Anjuman materiallari to’plami barcha ishtirokchilarga elektron tarzda, bepul taqdim etilishi belgilab qo’yildi.

  Anjuman yakunida Respublikamiz bioxilma-xilligini saqlash va rivojlantirish bo’yicha xulosa va tavsiyalar qabul qilindi.

435 | 2020-04-18 10:39
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish