DIQQAT TANLOV!

Hurmatli talaba-yoshlar!

 

Talaba-yoshlar o’rtasida badiiy adabiyotlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini targ’ib qilish, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida “Ma’rifatli yoshlar – yurt ko’zgusi” shiori ostida “Kitobxon talaba” Respublika tanlovi o’tkazilmoqda.

Tanlovning birinchi universitet bosqichi joriy yilning 28-29 aprel kunlari onlayn shaklida o’tkaziladi.

Siz tanlov Nizomida belgilangan shartlar bo’yicha 1-shart yozma shaklda, 2 va 3-shartlar bo’yicha (annotatsiya va targ’ibot jarayoni) video shaklda tasvirga olib Tashkiliy qo’mitaga (97-277-24-37, 94-911-33-22) raqamlari yoki fakultetingiz Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari yordamida telegram orqali elektron shaklda yuborishingiz lozim.

Tanlov Nizomi va 1-shart bo’yicha testlar universitetning rasmiy guldu.uz veb-saytiga joylashtirilgan.

Tanlovda g’olib bo’lgan (1,2,3 o’rin) talabalar universitet ma’muriyati tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi hamda tanlovning keyingi bosqichiga yo’llanmaga ega bo’ladilar.

Barcha talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

TANLOV NIZMONI YUKLAB OLISH

288 | 2020-04-24 14:04
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish