Deputat qabuli

2020-yilning 30-aprel sanasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati, Guliston davlat universiteti rektori professor Muksin Tadjiyevich Xodjiyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani 17-Guliston saylov uchastkasi aholisi bilan uchrashdi.

Kun tartibidagi dastlabki masala: Pandemiya sharoitida sharoiti og‘ir, kam ta‘minlangan va nogironi bor oilalarga Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati tomonidan taqdim etilgan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish, ularning holidan xabar olish va muammolarini joyida hal etish edi. Sayunobod tumani “Guliston” MFY hududida istiqomat qiluvchi Rustamov Abduhalil, A‘zamov Vohid, Mamarajapova Rayhon, Kalanov Akbar, Eshonqulov Akram, Qo‘zoyev Axmat, Qayumova Ulbozor, Mahkamboyeva Nodira va Ochilova Diyoralar xonadonlariga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Mazkur tashrifning ikkinchi masalasi hududda aholining tomorqa madaniyatini rivojlantirish, tomorqa daromad manbai ekanligini tushuntirish edi. Shu maqsadda deputat M.Xodjiyev mahalla xonadonlarida tomorqa ishlarini tirovojlantirish bo’yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham olib bordi. Jumladan, Iloq ko‘chasi 23-xonadon sohibasi Ashurboyeva Nazokat xonadonida tomorqaga ishlov berish ishlari yakunlangani, ekin ekishga yaroqli yerga pamidor, bulg‘or qalampiri, achchiq qalampir, baqlajon, karom, turli ziravor ko‘katlar va mevali daraxtlar ekilganligi aniqlandi. Bundan tashqari, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Guliston davlat universiteti talabasi Nosirov Muhiddinga qarashli 20 sotix tomorqa yeriga ekish uchun 400 tup pamidor va 200 tup bulg‘or qalampiri ko’chatlari bepul tarqatildi. Shuningdek, Javohir shoh ko’chasida istiqomat qiluvchi Yusupov Xolbo’ta xonadonida issiqxona tashkil etilganligi ma’lum bo’di. Xonadon sohibining fikriga ko’ra Asaka bankning 25 million so‘m krediti evaziga bunyod etilgan mazkur issiqxonada panidor va limon yetishtirilmoqda, kelajakda mazkur issiqxonani kengaytirish rejasi ham borligini ta’kdladi.

Shundan so‘ng hududda tashkil etilgan deputat qabulxonasida deputat M.Xodjiyevning aholi bilan uchrashuvi tashkil etildi. Unda aholi tomonidan bildirilgan takliflar va ularni qiynayotgan masalalar muhokama etildi.

232 | 2020-04-30 14:42
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish