G'alaba bog'ida g'alabaning tasviriy simfoniyasi.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G'alabaning 75 yilligini xalqimiz ko'tarinki ruh bilan nishonladi.

Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan bobolarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkentda serfayz va muhtasham bog'bunyod etildi. Nomi ham iftixorli – g'alaba bog'i.

Bu qutlug'sana biz uchun juda qadrli. Berilgan jonlar, to'kilgan qonlar unutilmaydi. Ular mangu hurmatlanadi, e'zozlanadi. Shuning uchun g'alaba bog'ining har bir eksponati ko'nglingizga xotira va qadrlash ruhiyatini solib, sizni kuzatadi go'yo. Bog'kezib, bu qutlug'sanani munosib kutib olish va yuqori saviyada o'tkazishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari qanchalik puxta o'ylangani, pishiq amalga oshirilganini har qadamda sezasiz.

G'alaba bog'i – xotira bog'i. U har birimizni bobolar jasoratidan hayratga, ziyoratga chorlayapti. Kutayapti. Hayratga, deb bejiz aytmadik. Chunki bog'da ikkinchi jahon urushi davridagi blindaj va okopning tabiiy ko'rinishi va er osti qismida urushga oid bo'lgan osori atiqalar – harbiylarning xatlari, idishlari, kiyimlari, hujjatlari, shaxsiy buyumlari, fotosuratlari namoyish etilgan. Radiokarnay orqali urush davridagi musiqa va xabarlar asosida tarixiy muhit yaratilgan.

Boqqa kirib qaysi manzara, eksponatga qarashni bilmay hayron bo'lib, to'xtab qolasiz. Zamon almashadi. 1941-1945 yillarga tushib qolgandek bo'lasiz. Toshkent vokzalining 1945 yildagi holati qurilgan. Unga kirib, o'sha tahlikali kunlarda xalqimiz o'zi emay-ichmay, "hamma narsa frontga", deb yig'ib yuborayotgan mahsulotlarni ushlab ko'rasiz.

Ikkinchi jahon urushi davri manzaralari – installyasiyalar, harbiy texnika, tarixiy eksponatlar, front, okop, konslager, majaqlangan nemis tanklari, blindajlar, tanklar. 1945 yildagi Toshkent vokzali, eshelonlar, Amersfortda asirga tushgan 101 o'zbekning chekayotgan azoblari, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan samolyot, snaryadlar, jangchilar, o'sha kunlardagi jangovar hayot sasi, ovozlar...

Tanklarga "Berlin sari olg'a!", "O'zbekiston mehnatkashlaridan!", "Qasos uchun!", "Biz g'alaba qilamiz!", "O'zbekiston frontga!", deb yozilgan. Bularning hammasi qo'shilib g'alabaning mehrli, tasviriy simfoniyasiga aylanadi. Siz beixtiyor uning tomoshabiniga, keyin ishtirokchisiga aylanib ketasiz.

Bu bog'Vatan himoyasining 1418 kunlik hayot-mamot jangi manzaralari orqali har birimizga Jasur bobolarimizga munosib farzand bo'lishimizni, birlashib, ona O'zbekistonimizning milliy yuksalishi uchun o'zimizni ayamasligimiz kerakligini tushuntirayotir.

G'alaba bog'ida Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o'g'li, sadoqatli kelinlari xotirasiga bag'ishlab "matonat madhiyasi" monumenti barpo etilgan. G'alaba bog'i bir uzuk bo'lsa, "matonat madhiyasi" monumenti uning ko'zi bo'lib turibdi.

Monument oldida kishi to'xtab qoladi. Unda sizga qarab turgan Munisa, lekin irodasi cho'yandan-da qattiq qahramon o'zbek ayollari siymosini ko'rasiz. Bu qiyofalar to'qima obrazlar, ijodkor ilhomi, fantaziyasi emas.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan barpo bo'lgan "matonat madhiyasi" monumenti hayot, adolat, haqiqat timsoli. Chunki Zulfiya ona urushda besh farzandi halok bo'lgan Real shaxs. Monument atrofini qurshagan besh ustun, ustunlar ustida Zulfiya ona o'g'illariga tishlatib qolgan besh non ana shundan so'zlaydi. Bu manzarani ko'rgan odamning yuragi hapqirib, titrab ketadi.

Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qishlog'ida yashagan Zulfiya ona eridan qolgan belbog'ni beliga bog'lab, kunduzi mardona mehnat qildi. Boshqalar ko'rmasin, deb ularning firoqida tunlari Daryo bo'yida yig'lab o'tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 9 may kunidagi bayram tabrigida aytilganidek, Zulfiya onada o'zbek ayoliga xos bo'lgan asl fazilatlar mujassam edi. Uning beva qolgan kelinlarining sadoqatu matonati Zulfiya onanikidan qolishmaydi. Urush davrida shunday oilalar, odamlar, onalarimiz bor edi. Lekin ularni bilmas edik. Noma'lum soldatlarning noma'lum qiyofalariga ko'nikib kelayotgan edik. Shaxsan Prezidentimizning tashabbusi bilan xalqimiz o'z qahramonlarini ko'rdi. Timsollarini emas, o'zlarini, ko'zlarini ko'rdi.

"Matonat madhiyasi" monumenti o'zbekning barcha matonatli, sadoqatli ayollarini sharaflagan haykal bo'lib qoladi. Unga qarab, hayratga tushasiz, minnatdor bo'lasiz, o'yga tolasiz. Monumentga qarab turib, Prezidentimizning "yurtimizda har bir xonadon bu mudhish urushning jabrini o'z boshidan o'tkazgan", degan mehribon so'zlarini eslaysiz. Ko'zlaringizga mungli va Sevinch yoshlari keladi.

"Shon-sharaf" muzeyi. Bu muzey bog'ning adog'ida, afsonaviy tepalik ostiga joylashtirilgan. Tepalik ustida qahramon jangchilarimiz general Sobir Rahimov rahnamoligida mag'rur turishibdi. Muzeydagi daliliy ashyo, hujjatlarda O'zbekiston xalqining buyuk g'alabaga qo'shgan munosib hissasining to'liq, hayotiy, to'kis aksi bor.

Muzey aylana shaklda. Uni 1941 yilidan kirib, 1945 yilida – davrlar osha kezib chiqasiz. Jangovar qurol-aslahalar, texnikalarni, o'sha davrdagi vatanparvarlarning ham, dushmanlarning ham siymolarini ko'rasiz.

Muzeyga kirganda ikkinchi jahon urushi arafasidagi tinch, qadrdon, O'zbekona hayot manzaralarini ko'rasiz. Biroz yurib, urushning e'lon qilinishini eshitib, buning qanday bo'lganini his qilasiz. Hayajoningiz osha boradi.

Muzeyda fashizmning birinchi zarbasiga ko'ksini qalqon qilgan Brest qal'asi tasvirlangan. Unda dushmanga qarshi o't ochayotgan o'zbek yigitlarini ko'rasiz. Demak, fashistlarga qarshi eng birinchi o'qlarni o'zbekistonliklar otganidan g'ururingiz toshadi. Bahodir bobolarimizning jasoratiga, shiddatu matonatiga ixlosingiz yanada oshadi. Ishoning, bu muzeyga kirgan har bir kishi vatanparvar bo'lib chiqadi.

G'alaba bog'i yoshlarimizni, ayniqsa, bo'lajak harbiylarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ibrat maskani bo'lib qoladi. Bu erda bo'lgan farzandlarimiz faxr bilan "agarda mana shu to'p ortida turgan, mana shu samolyot shturvalida o'tirgan yo mana shu tankda men o'tirganimda, hech ikkilanmasdan, Vatanim uchun bundan 75 yil oldingi ota-bobolarimning jasoratini takrorlar edim", deyishi aniq.

"Ko'z yosh" monumenti. Ko'z shaklida yaratilgan. Ulkan ko'z gavharida yuzlab qabrtoshlar. Ular turli millat va dinga mansub kishilar. Bu ham urushning din, millat tanlamasligini, demak, har qanday yovuz g'oyalarga butun insoniyat birlashib kurashishi zarurligini uqtirib turibdi.

G'alaba bog'ida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadi mujassam. Shuning uchun Prezidentimizning tabrik so'zlarida u "noyob ma'naviy, me'moriy va tarixiy obida", deya tavsiflandi. Bu bejiz emas, zero, bu bog'ikkinchi jahon urushining ayanchli asoratlarini unutmaslik, doimo ogoh bo'lishga chorlaydi. Shuning bilan bir qatorda, aholining mazmunli dam olishi, ko'ngilli hordiq chiqarishi uchun, madaniy-ommaviy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, adabiy uchrashuvlar maskani bo'lib xizmat qiladi.

Yosh avlod ongiga Vatanga sadoqat va uning taqdiri uchun daxldorlik tuyg'usini singdirib, ularda yot g'oya va qarashlarning salbiy ta'siriga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shu topda ko'ngillardan bir savol kechadi: otalarimiz frontda, momolarimiz mehnatda bizning bugungi Baxtiyor kunlarimiz uchun o'zni fido qilishgan. O'zlarini ayashmagan. Bizchi? Biz nima qilayapmiz? Loaqal o'zimiz, oilamiz farovonligi uchun fidoyi bo'la olayapmizmi?

G'alabaning 75 yilligi har birimizni Vatan oldidagi farzandlik burchimizni qaytadan anglab olishga chorlaydi. Milliy yuksalishimiz uchun o'zimizni ayamasdan, bugun kechagidan, ertaga bugungidan samaraliroq, belni bog'lab xizmat qilish bilan davlatimizning kuch-qudratini, tinchligini mustahkamlashga o'z hissamizni qo'shishga da'vat qiladi.

Ishonchimiz komil, bu bog'poytaxtimizning eng gavjum, go'zal ma'naviyat va ma'rifat go'shalaridan biri bo'lib qoladi. Xalqimizning jasoratli tarixidan yosh avlodlarga abadiy so'zlaydi. Tinch, xotirjam hayotning bebaholigini qadrlashga, ogohlikka chorlaydi.

Xalqimizga mana shunday bebaho tuhfa muborak bo'lsin.

Muhammadjon Quronov,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi
rahbarining birinchi o'rinbosari.

(O'zA)

219 | 2020-05-12 10:06
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish