GIYOHVANDLIK UMR ZAVOLI
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
GIYOHVANDLIK UMR ZAVOLI

26 iyun - “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni”

 BMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrdagi rezolyutsiyasiga binoan har yili 26 iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanib kelmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, giyohvand moddalarning keng tarqalishi bir qator ijtimoiy muammolarga sabab bo’ladi, jumladan, demografik fojealarni keltirib chiqaradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda jinoyatchilik holatlari ko’payadi. Giyohvandlik insoniyatni tanazzul botqog’i sari boshlayotgan eng xavfli vositalardan biridir, chunki eng vahshiy qotillik va xunrezliklar, jinoyatchiliklar ko’p hollarda aynan giyohvand moddalar ta’siriga tushib, o’zligini tamoman yo’qotgan odamlar tomonidan sodir etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, jahonda qayd qilinadigan o’limlarning 43ta sababidan giyohvandlik oqibatida sodir bo’ladigan o’lim 19 o’rinda turar ekan, 15 yoshdan 64 yoshgacha bo’lganlar orasida qayd etiladigan o’limlarning 1,3 foizi giyohvandlik oqibatida yuz berar ekan, bir yilda 211 mingta o’lim aynan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadi. Mutaxassislarning so’zlariga qaraganda giyohvandlik oqibatida 1,6 million kishi VIChga, 7,2 million kishi esa gepatit C virusiga, 1,2 million kishi gepatit B virusiga chalinar ekan.

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog’liq xastaliklarga uchraganlar soni dunyo bo’yicha 29 milion kishidan ortib ketgan.

 O’zingizni, oilangizni va yaqinlaringizni bunday balodan saqlang!

Sport bilan muntazam shug’ullaning 

Ko’proq kitob mutolaa qiling

Yuqori marralarga intiling

Sizning kelajagingiz o’z qo’lingizda!

161 | 2020-06-26 15:44
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
DOKTORLIK DIPLOMI TOPShIRILDI

Guliston davlat universiteti kichik faollar zalida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog’ida tug’ilgan Kamola Abrorxonovaga doktorlik diplomi topshirishga bag’ishlangan tantana bo’lib o’tdi. Tantanani Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o’qigan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha magistraturada va doktaranturada ta’lim olgan. 2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o’pirilishi natijasida yuzaga kelgan talofatda Kamola Abrorxonova oilasi ham katta talofat ko’rgan. Sardoba suv ombori talofatlarini bartaraf etish uchun muhtaram Prezidentimiz to’rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

2020 yil 15 may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning jabrlangan aholi bilan bo’lgan suhbatida Kamola Abrorxonova
ham o’z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

3-bosqich
doktoranti Kamola Abrorxonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini innovatsion yondashuv
asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
ilmiy tadqiqotini yakunlaganligini aytib o’tdi.

Diplom
topshirish marosimida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Alisher Umarov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya
komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov, Guliston davlat universiteti rektori Muxsin
Xodjiev, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti prorektori, ilmiy rahbari, pedagogika
fanlar doktori, professor Barno Abdullaeva, Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari
Otabek Nosirov, biologiya fanlori doktori, professor Hazratqul Qarshiboev, O’zbekiston
jaxon tillari universiteti o’qituvchisi Ilyos Quvondiqovlar so’zga chiqdilar.

Oliy
Attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali
ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi. Tantana so’ngida so’zga chiqqan Kamola
Abrorxonova ilm fan rivojiga, yoshlarga katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga, ilmiy rahbariga, Mirzaobod tumanidagi 17-maktab,
Guliston shahridagi 2-pedagogika kolleji jamoalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Yigirma
sakkiz yoshli yangi fan doktoriga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’alari va
gullar taqdim qilindi. 

R.Mahmudov

Matbuot kotibi

562 | 2020-05-19 12:56
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->