Targ段bot guruhi faoliyati yo値ga qo馳ildi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obro痴i防ar bir professor撲智ituvchi, xodim va talabaning or墨omusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu値a, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Targ段bot guruhi faoliyati yo値ga qo馳ildi

Joriy yilning 20 iyul kuni Guliston davlat universitetida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan targ’ibot guruhlari tashkil etildi. Ushbu guruhlar 8taga bo’linib, har bir guruhga 4 nafardan professor-o’qituvchilar biriktirilgan. Mazkur ishchi guruh  Guliston shahridagi mahallalar kesimida targ’ibot ishlarini olib borishmoqda.

          Joriy yilning 8 iyul kuni muhtaram Prezidentimiz tomonidan o’tkazilgan video selektorda yurtimizda karantin qoidalari 10 iyuldan 1 avgustga qadar kuchaytirilgan tartibga o’tishi, kasallanganlar va o’lim sonining keskin oshib borayotgani aytilgan. Muhtaram yurtboshimiz tomonidan kasallik simtomlarini sezish bilan shifikorlarga murojaat etish lozimligi yana bir bor eslatib o’tilgan edi.

Targ’ibot guruhi tomonidan aholiga karantin qoidalari, koronavirus infektsiyasi profilaktikasi usullari, kasallik simptomlari va simptomlarsiz, engil formada o’tadigan kassallik holatida uy sharoitida davolanishga doir qo’llanmalar ishlab chiqilib, aholiga tarqatilmokda.

          Ushbu targ’ibot guruhi faoliyati universitetda tashkil etilgan maxsus shtab tomonidan muvofiqlashtirilib borilmoqda. Bundan tashqari maxsus shtab karantin davrida aholi orasida turli psixologik noxushliklarni oldini olishga qaratilgan psixologik yordam faoliyatini olib bormoqda.

          Ushbu harakatlardan maqsad kasallikni aholi orasida yoyilishini oldini olish va koronavirus pandemiyasini engib o’tishdir.

234 | 2020-07-22 09:10

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->