TASHAKKURNOMA
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
TASHAKKURNOMA

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-30 iyul kunlari talabalar o’rtasidagi xalqaro matematika olimpiadasi (IMC- International Mathematical Competition) onlayn tarzda o’tkazilib, 46 ta davlatdan 546 nafar talaba ishtirok etgan edi. E’tibolrisi ushbu olimpiadada Guliston davlat universiteti vakillari ham ishtirok etishib, universitetimiz talabasi Abdushukur Ahadov oltin medalni qo’lga kiritdi.

         Bugun Matematika ilmiy tekshirish instituti va O’zbekiston milliy universitetlari hamkorligidagi Xalqaro matematika olimpiadalariga talabalarni tayyorlash ilmiy markazi tashkiliy qo’mitasi tomonidan Guliston davlat universiteti ma’muriyatiga Tashakkurnoma taqdim qilindi.

         Tashakkurnomada erishilgan yuksak natija uchun olimpiadaga tayyorlov bosqichida ta’lim bergan Matematika kafedrasi mudiri f.m.f.n. dotsent Xusan Norjigitov va shu kafedra o’qituvchisi Aziz Nuraliyevlarga tashkiliy guruhning alohida minnatdorchiligi bildirilgan.

83 | 2020-08-01 15:13

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->