Diplomlar topshirildi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

Kasbiy (ijodiy) imtihonni onlayn kuzatish

QABUL 2020: Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abiturientlar diqqatiga!
2020/2021 o’quv yili uchun Guliston davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha abiturientlarning imtihon joyi, kunlari va vaqtining jadvali va abiturientlar familiyasi, ismi, sharifi, guruh raqami to’g’risida ma’lumot. Abiturientlarga eslatma: Imtihonga ushbu jadvalda ko’rsatilgan kunda va vaqtda, belgilangan joyga, karantin qoidalariga rioya qilgan holda, abiturientning DTM qaydnomasi va pasport bilan etib kelish talab etiladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi va abiturientlarning guruhlar bo’yicha taqsimoti jadvallari (PDF formatda ko’chirib olish): Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi) Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (sirtqi) Rangtasvir (kun…
19577 | 2020-08-25 16:35 | Batafsil
Diplomlar topshirildi

2020 yil 29 avgust kuni  Guliston davlat universitetini 2020-2021 yildagi birinchi Kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda Sabaxot Sharapova-ijtimoiy psixologiya fani bo’yicha Falsafa doktori, Farog’at Ergasheva-O’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, odam va hayvonlar fiziologiyasi bo’yicha Falsafa doktori, To’raeva Dilnoza-O’zbek adabiyoti bo’yicha Falsafa doktori, Djuraev To’lqin-Biorganik kimyo bo’yicha Falsafa doktori, Qarshiboev Jaxongir-Dorivor o’simliklar texnologiyasi,introduktsiyasi va agrofarmekologiyasi bo’yicha Biologiya fanlari doktori, Bo’riboev Erkin - Iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha Falsafa doktori, Berdiev G’ayrat -Iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha Falsafa doktori diplomlari bilan taqdirlandilar. Yangi o’quv yilida 42 nafar yoshlarni doktorlik disertatsyalarni ximoya qilishi rejalashtirilgan.

       Shunigdek, ilmiy kengashda 2020-2021 o’quv yilida bajariladigan ishlar rejasi tasdiqlandi. Unversitetda “ Adabiyotshunoslik ”, “Tilshunoslik”, “Masofaviy talim” kafedralari tashkil etilganligi aytib o’tildi. Universitetda yangi o’quv yilida bakalaviriyat ta’lim bo’yicha 7 ta yangi yo’nalish, magistratura bo’yicha 4 ta yangi yo’nalish, sirtqi ta’lim shakli bo’yicha 6 ta yangi yo’nalish  ochilayotganligi, qabul kvotasi 20 foizga oshganligi aytib o’tildi. 2,3,4 kurs talabalari 2 sentyabrdan onlayn shaklda o’qishni davom ettirishi ko’rsatib o’tildi.

      Barcha ustozlar va talabalarni eng ulug’ va eng aziz bayramimiz mustaqilligimizning 29 yilligi va yangi o’quv yili boshlanayotganligi bilan samimiy tabriklaymiz.

R. Mahmudov

 Matbuot kotibi

353 | 2020-09-01 07:15

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->