Giyohvandlik - zararli illat

2019 yil 7 fevral kuni Guliston davlat universitetiprofessor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida“Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash”mavzusida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Abdurasulov, Sirdaryo viloyat hokimligi ijtimoiy kotibiyat yetakchi mutaxassisi A.Sodiqov, Sirdaryo viloyat Narkologiya dispanseri bosh shifokori oʻrinbosari A.Xakimov, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi raisi oʻrinbosari M.Xayitov, professor-oʻqituvchilar va 86nafar talabalar qatnashdi.

Tadbir davomida yoshlarga mutaxassislar tomonidan narkotik va giyohvand moddalarning turlari, eng koʻp yetishtiriladigan hududlar, ushbu moddalarni isteʼmol qilganda inson organizmiga yetadigan zararlar, turli kasalliklarni keltirib chiqarishi, farzandlarning nogiron va nuqsonlar bilan tugʻilishi bilan bogʻliq oqibatlari, shuningdek, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlarining inson salomatligiga salbiy taʼsiri, bu mahsulotlarga ruju qoʻyish oqibatida surunkali ichish va chekish oxir-oqibat tubanlikka olib borishi, ayniqsa nos chekish oshqozon-ichak rak kasalligini keltirib chiqarishi haqida aytib, yoshlarni bunday salbiy odatlardan saqlanishga chaqirdi.

Tadbir soʻngida talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi IIV Narkotik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tayyorlangan “Ajalga elituvchi yoʻl” mavzusidagi xujjatli film namoyish etildi. 

 

 

Matbuot xizmati.

1445 | 2019-02-12 15:37
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish