BMTning “Yoshlar huquqlari to’g’risida”gi konventsiya loyihasi targ’ibot qilindi

2019 yil 20 fevral kuni Guliston davlat universitetida talaba-yoshlar ishtirokida BMTning “Yoshlar huquqlari to’g’risida”gi konventsiya loyihasi targ’ibotiga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor F.Niyazov, Guliston shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari I.Norbekov, Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Z.Haydarova, professor-o’qituvchilar va talabalar qatnashdi.

Yig’ilishda mamlakatimizda yoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ta’lim olish va bandligini ta’minlash bo’yicha etarli normativ-huquqiy xujjatlar, qonunlar qabul qilingani haqida gapirdi. Bugungi kunda dunyoda ko’plab mamlakatlarda turli noroziliklar, to’s-to’polonlar, urush bo’layotgani, buning natijasida ko’plab begunoh insonlar, ayniqsa yoshlar qoni to’kilayotgani, bunday holatlar jamiyatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo’lishiga sabab bo’layotgani haqida gapirib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan BMTning Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida dunyo yoshlarining huquqlarini himoya qilish, ularni asrash maqsadida halqaro xujjat, ya’ni konventsiya qabul qilish taklifini bergani, bu taklif halqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgani, bugungi kunda ushbu konventsiya loyihasi tayyorlanayotgani, undan ko’zlangan maqsad, uning mazmun-mohiyati to’g’risida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.

 Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Matbuot xizmati.

1947 | 2019-02-22 17:31
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish