“Ma’rifat” targ’ibotchilari davra suhbati

2019 yilning 23 fevral kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida Sirdaryo viloyatida uzluksiz maʼnaviy tarbiya tizimini tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilishga qaratilgan “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyatining oldida turgan vazifalar mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari, p.f.d. professor M.Quronov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo tumani boʻlinmasi rahbari A.Mirzaaxmedov, GulDU professori R.Mahmudov, GulDU dotsenti H.Abdukarimov, professor-oʻqituvchilar va talabalar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar viloyat aholisi orasida maʼrifatga undovchi targʻibot-tashviqot ishlarining nechogʻlik ahamiyatli ekani, bunday ishlarni jonlatirish lozimligini taʼkidlashdi. Tadbir soʻngida viloyat aholisi orasida oʻtkazilayotgan “Kitobxon oila” tanlovining qamrovini yanada oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

  

 

Matbuot xizmati.

377 | 2019-02-25 10:07
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish