Universitetda Ozbekiston xalq shoiri Tora Sulaymonning 85 yilligi nishonlandi

2019-yilning 30-mart sanasida Guliston davlat universitetida O’zbekiston Xalq shoiri To’ra Sulaymon tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “To’ra Sulaymon ijodida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimi G’.Mirzayev, pedagogika fanlari doktori Q.Yo’ldoshev, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot universiteti prorektori A.Sobirov, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti professori Sh.Turdimov, Farg’ona davlat universiteti rektori R.Maqsudov, O’zbekiston xalq artisti A.Olimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Shomahmud Shorahmedov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari H.Ortiqboyeva, professor-o’qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni universitet M.Xodjiyev olib bordi.  

Tadbirni viloyat hokimi G’.Mirzayev kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng universitet rektori M.Xodjiyev so’zga chiqib, shoir To’ra Sulaymonning hayot va ijod yo’li, uning millatimiz ravnaqi, manaviyati yuksalishiga qo’shgan xissasi haqida gapirib o’tdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar muhtaram Prezidentimiz tomonidan yozuvchilarga, shoirlarga berilayotgan e’tibor, ularga bo’lgan yuksak ehtiromlari to’g’risida to’xtalib o’tishdi. Bugungi kunda To’ra Sulaymon ijodini o’rganishga qaratilayotgan e’tibor, shoir Sirdaryo viloyatida yashab ijod qilgani va xalq dardi bilan yashaganligini ta’kidlab o’tishdi. Shuningdek, shoirning universitetda “Yosh ijodkorlar” to’garagini boshqarib, ko’plab iqtidorli, iste’dodli yoshlarni kashf etib qo’llab – quvvatlaganligi uchun 2001 yilda Guliston davlat universiteti Ilmiy kengashi qarori bilan To’ra Sulaymonga “faxriy professor” unvoni berilganligi, bu unvonlar shoirning yuzlab she’rlari qo’shiq bo’lib xalqimiz madaniyatini, ma’rifatini, ma’naviyatini o’stirishga qo’shayotgan hissasi ekanligini e’tirof etishdi. Matbuot xizmati.

283 | 2019-03-30 21:16
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish