“Yoshlar – sogʻlom hayot tarzi tarafdori”

2019 yilning 1 aprel kuni universitet Madaniyat saroyida ““Yoshlar – sogʻlom hayot tarzi tarafdori” mavzusida maʼnaviy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda– universitet professori R.Mahmudov, Sirdaryo viloyati DXX boshqarmasi xodimi R.Sharipov, Sirdaryo viloyati prokuraturasi boʻlim prokurori M.Sulaymonov, Sirdaryo viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokori V.Shermatov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi oʻrinbosari M.Xayitov, viloyat “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi yetakchi mutaxassisi M.Isakulov, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Soʻzga chiqqanlar kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishib, yoshlarimiz sogʻlom hayot, sogʻlom turmush tarzi nima ekani, uning inson salomatligi, kelajagi uchun ahamiyatini tushunmasligi, turli zararli illatlar, ichkilikbozlik, tamaki va giyohvand moddalarni isteʼmol qilishga berilib, ham oʻziga, ham oilasiga, ham jamiyatga jiddiy zarar keltirayotgani haqida gapirib, bugungi tadbirda mutaxassislar tomonidan ushbu masalaning maʼrifiy va huquqiy tomonlari boʻyicha tushunchalar berish nazarda tutilganini taʼkidlashdi.

Shuningdek, OIV/OITS kasalligi haqida ham fikr bildirishib, OIV - odam immunitet tanqisligi virusi boʻlib, virus odamning himoya vositasi hisoblanmish immunitet tizimini chuqur jarohatlashi, kasallik manbayi OIV/OITSga chalingan bemor va sogʻlom (virus tashuvchilar) insonlar hisoblanishi, OIV – kasallik chaqiruvchi virus ekanligi, virus odam organizmidagi suyuqliklar – qon, sperma, jinsiy aʼzolar suyuqligi va koʻkrak sutida yashashi, koʻpayishi va boshqa odamlarga yuqishi aniqlanganligini aytib oʻtdi.

Xulosa oʻrnida yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush va sogʻlom hayot tarziga oid, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini muntazam amalga oshirish, ayniqsa, yoshlarimiz ongini turli zararli illatlar taʼsiridan asrash, buning uchun ularda oʻz-oʻziga hurmat, jismoniy va sogʻlom turmush madaniyatini yanada oshirish va ularni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashimiz zarur deb aytdilar.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan bahs-munozara va savol-javob oʻtkazildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Matbuot xizmati.

237 | 2019-04-03 15:23
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish