Mardlik va qahramonlik namunasi

Baxodirov Sardorbek Ulug’bek o’g’li 2018-yilda Guliston davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” yo’nalishiga o’qishga qabul qilingan.

U o’zining o’qishi davomida bor iste’dodi va qobiliyatini namoyon etib, o’zining tirishqoqligi, jonkuyarligi, a’lo baholarga o’qishi bilan barcha talabalar orasida namuna bo’lganligi sababli 26-18 guruh yoshlar ittifoqi etakchisi etib saylandi.

Baxodirov Sardor o’tgan qisqa vaqt ichida Vatanparvarligini namoyon etib, o’zida barcha fazilatlarini jamlagan holda, a’lo o’qishi va namunali hulqi bilan o’z tengdoshlari orasida alohida ajralib turdi va u viloyat Kengashi qoshida tashkil etilgan “Jasorat klubi” a’zosi etib qabul qilindi.

U Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishi bilan bir qatorda, o’zi ham guruh yoshlar etakchisi sifatida har oy shaxsiy ish reja asosida bir necha loyiha va tadbirlar uyushtirdi.

Jumladan: har oy talabalarning intelektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intelektual o’yini, yoshlarning kitobga bo’lgan muhabbatini oshirish va bo’sht vaqtlarida ko’proq ilmiy, badiiy asarlar o’qishni taminlashni ko’zlab “Meni o’zgartirgan kitob” loyihasi hamda talaba yoshlarni sportga bo’lgan qiziqishini orttirish va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini nazarda tutib har oy terma jamoalar orasida “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida sportning futbol, valeybol, tennis va shaxmat turi bo’yicha musobaqalarni muntazam ravishda tashkil etdi.

S.Baxodirov tabiiy fanlar fakulteti “Tabiiy liderlar” jamosi a’zosi sifatida faoliyat yuritib keldi. Jamoa talaba yoshlarni tadbirkorlikga jalb etish, turli hil loyihalar tanlovlari va talabalarning o’z tadbirkorlik faolioyatini yo’lga qo’yishda ko’maklashib keldi.

S.Baxodirov Jasorat klubi a’zosi sifatida shaxsiy mas’uliyatni chuqur his qilgan holda o’z Vatanparvarlik tuyg’ularini namoyon etib, joriy yil 30 aprel kuni voyaga etmagan bir qizni o’limdan saqlab qolish maqsadida uni qutqarib, o’zi olamdan o’tdi.

Baxodirov Sardorbek Ulug’bek o’g’lini Vatanimizning xaqiqiy Vatanparvar farzandi, yigitlik burchini ado etgan xaqiqiy o’g’lon sifatida universitet yoshlari doim yod olishadi, uni qilgan ushbu Jasorati har bir yoshlarga na’muna bo’lishi lozim deb hisoblaydi. Oxirating obod bo’lsin, Sardorbek!

922 | 2019-05-03 12:17
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish