Kitobxon oila korik tanlovining Sirdaryo viloyati tuman, shaharlari bosqichi goliblari aniqlandi

2019 yilning 1 martidan 18 martiga qadar Sirdaryo viloyatining 11 ta shahar va tumanlari aholisi o’rtasida kitobxon oila tanlovining mahalliy, hududiy bosqichlari o’tkazildi. Ushbu ko’rik tanlovni tashkil etish va o’tkazishda viloyat hududidagi 221 Mahalla fuqarolar yig’ini fuqarolari o’rtasida keng targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Mahalla fuqorolar yig’iniga kitobxonlikni targ’ib qilish bo’yicha Guliston davlat universitetidan 97 nafar professor-o’qituvchilar mas’ul qilib biriktirildi. Sirdaryo viloyatidagi 11 ta tuman va shahar tarkibidagi 221 ta mahalla fuqarolar yig’inidan 203 ta oilalardan jami 793 kitobxonlar ishtirok etishdi.

Tanlovnig tuman va shaharlar bosqichi g’oliblari bilan tanishing:

2019 yilning 1 mart kuni Shirin shahrida Kitobxon oila tanlovining shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 6 ta MFY dan 19 nafar ishtirokchilar qatnashdi va Raimqulovalar oilasi g’olib deb topildi.

2019 yilning 4 mart kuni Guliston tumani Kitobxon oila tanlovining bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 25 ta MFY dan 82 nafar ishtirokchilar qatnashdi va Zarbdor MFY da istiqomat qiluvchi O.Fayzullaevalar oilasi g’olib deb topildi.

2019 yilning 7 mart kuni Yangier shahrida Kitobxon oila tanlovining shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 8 ta MFY dan 37 nafar ishtirokchilar qatnashdi va Obod yurt MFYda istiqomat qiluvchi Tilyabovalar oilasi g’olib deb topildi.

2019 yilning 13 mart kuni Sayxunobod tumanida Kitobxon oila tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 19 ta MFY dan 87 nafar ishtirokchilar qatnashdi va Turon MFY da istiqomat qiluvchi Qo’zievalar hamda “Do’stlik” MFY da istiqomat qiluvchi G’anievalar oilalari g’olib deb topildi.

2019 yilning 14 mart kuni Xovos tumani Kitobxon oila tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 26 ta MFY dan 79 nafar ishtirokchilar qatnashdi va “Afrosiyob” MFY da istiqomat qiluvchi Nasriddinovlar oilasi g’olib deb topildi.

2019 yilning 14 mart kuni Ok oltin tumani Kitobxon oila tanlovining bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 12 ta MFY dan 37 nafar ishtirokchilar qatnashdi va “Saxovat” MFY da istiqomat qiluvchi Nurmanovalar oilasi g’olib deb topildi.

2019 yilning 15 mart kuni Mirzaobod tumani Kitobxon oila tanlovining bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 17 ta MFY dan 53 nafar ishtirokchilar qatnashdi va Navro’z MFY da istiqomat qiluvchi Tojiboevalar oilasi g’olib deb topildi.

2019 yilning 15 mart kuni Sardoba tumani Kitobxon oila tanlovining bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovd 15 ta MFY dan 75 nafar ishtirokchilar qatnashdi va Sahovat MFY da istiqomat qiluvchi Nurmanovalar oilasi g’olib deb topildi.

2019 yilning 16 mart kuni Guliston tumani Kitobxon oila tanlovining bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 38 ta MFY dan 129 nafar ishtirokchilar qatnashdi va “Oq yo’l” MFY da istiqomat qiluvchi Botirovlar oilasi hamda “Adolat” MFY da istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi Mullaevlar oilalari g’olib deb topildi.

2019 yilning 16 mart kuni Bayavut tumani Kitobxon oila tanlovining bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 38 ta MFY dan 128 nafar ishtirokchilar qatnashdi va “Navro’z” MFY da istiqomat qiluvchi Eshboevalar oilasi g’olib deb topildi.

2019 yilning 18 mart kuni Guliston shahar Kitobxon oila tanlovining bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 17 ta MFY dan 67 nafar ishtirokchilar qatnashdi va “Istiqlol” MFY da istiqomat qiluvchi Do’stnazarovlar oilasi hamda “Bo’ston” MFY da istiqomat kiluvchi Kenjaevlar oilasi g’olib deb topildi.

G’olib oilalar tanlovning viloyat bosqichida kuch sinashishadi.

453 | 2019-05-08 16:57
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish