Giyohvandlik asr vabosi

2019-yil 15-may kuni Guliston davlat universiteti madaniyat saroyida professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar o’rtasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor F.Niyazov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi etakchi eksperti S.Jumanova, O’zbekiston Respublikasi IIV JQB katta tezkor vakili Sh.Ismoilov, Sirdaryo viloyat hokimligi etakchi mutaxassisi A.Sodiqov, Sirdaryo viloyat DXX xodimi I.Bashirov, Sirdaryo viloyat IIB JQB katta tezkor vakili S.O’rdaboev, Sirdaryo viloyat narkologiya dispanseri tibbiy-ijtimoiy shifokori Z.Davlatova, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar giyohvandlik va turli narkotik moddalarning ijtimoiy-salbiy oqibatlari, bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan “Asr vabosi” bo’lgan giyohvand moddalarni noqonuniy muomalasiga qarshi kurash olib borilayotgani, mamlakatimizda 2016-2020 yillarga mo’ljallangan giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgani, ushbu chora-tadbirlarda belgilangan vazifalarni targ’ibot qilish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida bunday salbiy illatlarning tarqalishining oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurash barchamizni birdek o’ylantirishi lozimligi, yurtimizning har bir fuqarosi, ayniqsa yoshlar bu masalaga o’zining Vatan oldidagi, qolaversa, oilasi oldidagi burchi ekanligi haqida so’z yuritildi.
Tadbir so’ngida “Intiho yohud yo’qlikka qarab” mavzusida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

1249 | 2019-05-16 15:43
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish