“Oliy ta’limni modernizatsiyalash” loyihasi bo’yicha Germaniyalik mutaxassis tomonidan seminar-trening o’tkazilmoqda
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obro’si–har bir professor–o’qituvchi, xodim va talabaning or–nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu’la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

Kasbiy (ijodiy) imtihonni onlayn kuzatish

QABUL 2020: Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abiturientlar diqqatiga!
2020/2021 o’quv yili uchun Guliston davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha abiturientlarning imtihon joyi, kunlari va vaqtining jadvali va abiturientlar familiyasi, ismi, sharifi, guruh raqami to’g’risida ma’lumot. Abiturientlarga eslatma: Imtihonga ushbu jadvalda ko’rsatilgan kunda va vaqtda, belgilangan joyga, karantin qoidalariga rioya qilgan holda, abiturientning DTM qaydnomasi va pasport bilan etib kelish talab etiladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi va abiturientlarning guruhlar bo’yicha taqsimoti jadvallari (PDF formatda ko’chirib olish): Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi) Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (sirtqi) Rangtasvir (kun…
19316 | 2020-08-25 16:35 | Batafsil
“Oliy ta’limni modernizatsiyalash” loyihasi bo’yicha Germaniyalik mutaxassis tomonidan seminar-trening o’tkazilmoqda

Jahon bankining “Akademik innovatsiyalar fondi” asosida “Oliy ta’limni modernizatsiyalash” bo’yicha “OLIY TA’LIM VA IShLAB ChIQARISh INTEGRATsIYaSINI RIVOJLANTIRIShDA KLASTERLI YoNDAShUV: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “O’quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida Guliston davlat universitetida amalga oshirilayotgan loyiha rejasiga ko’ra germaniyaning Gyottingen universitetidan professor Rekel Djoxanes (Reckel Johannes) 2019 yilning 17-29 may kunlariga taklif etilgan. Ushbu muddat davomida professor Reckel Johannes tomonidan Germaniyaning markaziy kutubxona manbalridan on-line tizimda foydalanish bo’yicha taqdimotlar qilish bilan birga amaliy mashg’ulotlar o’tkazadi. Shuningdek, Guliston davlat universiteti bazasida Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari kutubxonalaridan foydalanishning on-line markazini tashkil etish bo’yicha hamkorlikda loyiha taklifi tayyorlanadi. Tayyorlangan loyiha DGF fondiga taqdim etiladi.

Joriy yilning 21 may kuni universitet ma’ruza zalida shunday seminar-treninglarning dastlabkisi start oldi. Unda professor-o’qituvchilar va yosh izlanuvchilar ishtirok etishdi. Ushbu seminar-treninglar 29 maygacha davom etadi.

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Matbuot xizmati.

2599 | 2019-05-22 15:54

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->