Jahon banki akademik innovatsiyalar fondining Oliy taʼlimni modernizatsiyalash loyihasi doirasida seminar trening oʻtkazildi

28 may kuni jahon bankining “Akademik innovatsiyalar fondi” granti asosida Guliston davlat universitetida “Oliy taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “oʻquv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida amalga oshirilayotgan loyiha rejasi asosida “mahsulotlarni sertifikatlashtirish” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Ushbu seminar treningda Oʻzbekiston Respublikasi Standartlashtirish agentligi mutaxassislari, sirdaryo viloyati sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori va xodimlari. Eksperimental biologiya laboratoriyasi tadqiqotchi va xodimlari, universitetda faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassis xodimlar ishtirok etdilar. Seminar-trening davomida eksperimental biologiya labaoratoryasining tuproq va oʻsimlik mahsulotlarini hamda genetik jihatdan modifikatsiyalangan mahsulotlarni (gmo) tahlil qilish natijalarini sertifikatsiyalashtirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Bunda mahsulotlarni tahlil qilishda foydalaniladigan uskunalarni hamda laboratoriyani attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazishga tayyorlash hujjatlarni tayyorlash tshlari amalga oshirildi. Yaqin vaqt oraligʻida eksperimental biologiya laboratoriyasining tegishli yoʻnalishlari (tuproq va oʻsimlik mahsulotlari tahlili, gmo) boʻyicha shartnomaviy tahlillar amalga oshiriladi. Laboratoriyada xalqaro standarlarga mos holda “global gap” standarti asosida tahlillarning olib borilishi yoʻlga qoʻyilganligi seminar ishtirokchilari tmonidan yuqori baholandi. Seminar davomida “global gap” standarti boʻyicha amalga oshiriladigan tahlillar va ularning natijalari alohida koʻrgazmali tarzda taqdimot qilindi.

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

744 | 2019-05-30 12:06
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish