MUROJAAT MUHOKAMASI

 

2019 yil 27 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra: Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo’yicha qo’mitalar tashkil etildi.

Farmonda shuningdek, 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va etakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etilishi belgilandi hamda 2020 yil 1 apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan. 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha davlat dasturi ishlab chiqildi. Har bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari tarkibida korruptsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etilishi tavsiya qilindi. Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari belgilandi.

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining o’quv dasturlarida korruptsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytirilishi zarurligi ko’rsatib o’tildi. Korruptsiyaga qarshi kurashish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Afsuski, ayrim sohalarda korruptsiya holatlari hamon davom etmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qilish organlarining ishi emas, balki barchaning ishi bo’lishi zarur. Chunki, korruptsiya nima? Uning inson obro’-e’tiborini to’kishga, yo’qotishiga sabab nafsdir.

2019 yil 17 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari va o’rta maxsus ta’lim vaziri ishtirokidagi yig’ilishda oliy ta’lim sohasi vakillarining O’zbekiston xalqiga murojaati qabul qilindi. 2019 yil 19 iyul kuni Guliston davlat universiteti jamoasining umumiy yig’ilishida rektorlarning O’zbekiston xalqiga murojaati muhokama qilindi. Murojaatni universitet professori, matbuot kotibi Ravshanbek Mahmudov o’qib eshittirdi. Muhokamada universitet rektori M.Xodjiev, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.Boyeshonov, Ekologiya va geografiya kafedrasi mudiri L.Qarshiboevalar so’zga chiqib, murojaatni qo’llab-quvvatladilar. Korruptsiya – illat ekanligi, unga qarshi barchani kurashishi zarurligi ta’kidlandi.

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

881 | 2019-07-20 11:01
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish