Yangi oʻquv yili boshlandi

Guliston davlat universitetida bugun, 4 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi hamda Bilimlar kuniga bagʻishlangan katta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda universitet rektori, professor Muxsin Xodjiyev, Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Otabek Abdugʻaniyev, “Nuroniy” jamgʻarmasi Xovos tuman boʻlimi raisi Jumaboy Suyunov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Orifjon Qudratov, shoirlar Alisher Nur va Dilmurod Doʻst, birinchi kurs talabasi Laylo Alijonova, dotsent Xabibulla Abdukarimovlar soʻzga chiqishib oliy taʼlimdagi oʻzgarishlar, Muhtaram Prezidentimizning oliy taʼlimga, yoshlarga koʻrsatayotgan eʼtiborlari haqida toʻlqinlanib gapirdilar. Universitetning bitiruvchi kurs talabalari birinchi kurs talabalariga Bilimlar manbai – KITOB, bilimlar KALITINI topshirdilar. Tadbirda turli viloyatlardan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin ota-onalar, 4000 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir Vatan, Bilim, Ilm, Tarbiya haqidagi mazmunli sheʼrlar bilan yakunlandi.


R.Mahmudov,
Matbuot kotibi

224 | 2019-09-05 00:15
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish