Ustozlar bayrami

Guliston shahridagi “Yurt bayrogʻi” maydoniga viloyatdagi ustozlar qatori Guliston davlat universitetining alohida xizmat koʻrsatgan 55 nafar professor-oʻqituvchilari ham yigʻildilar. Bayram shahardagi “Bilimdonlar maydoni”dagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qoʻyish bilan boshlandi. Bayram Olim Xoʻjayev nomidagi Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida davom ettirildi. Sirdaryo viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev yigʻilganlarni 1 oktyabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabrikladi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan taqdirlangan ustozlarga davlat mukofotlarini topshirdilar. Oʻqituvchilar va murabbiylar bayrami munosabati bilan “Eng yaxshi fan oʻqituvchisi”, “Eng yaxshi maktab direktori”, “Eng yaxshi maktab” nominatsiyalari boʻyicha 2 ta Spark va Damas avtomobillari munosiblarga topshirildi. Bayramni davomi birinchi marta Guliston shahar madaniyat va istirohat bogʻida toʻkin dasturxon atrofida, kuy-qoʻshiqlar, jozibali raqslar asosida nishonlandi. Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiyev, ilmiy boʻlim boshligʻi Laziza Botirova, professor Ravshanbek Mahmudovlar Sirdaryo viloyat hokimining Faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, universitetning 38 nafar professor-oʻqituvchilari Sirdaryo viloyat hokimining esdalik sovgʻalari sohiblari boʻldilar. Oʻqituvchilar va murabbiylar bayrami nihoyatda chiroyli, fayzli, mazmunli oʻtdi.

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

R. Mahmudov,
Matbuot kotibi

98 | 2019-10-08 15:31
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish