O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoevning oliy majlisga Murojaatnomasi nomli kitobi taqdimoti

Yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish mashxur, mumtoz va zamonaviy badiiy xamda ilmiy ommabop asarlarni , shuningdek, markaziy Osiyo va O’zbekiston buyuk tarixchilari, shoirlar, yozuvchilari va davlat arboblarining asarlarini talabalar o’rtasida targ’ib etish maqsadida joriy yilning 4 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Oliy Majlisga Murojaatnomasi” kitobining taqdimoti o’tkazildi. Taqdimot davomida universitet Axborot-resurs markazi direktori Obidjon Oqyigitov  hamda Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasining katta o’qituvchisi Yo’ldosh Karimovlar ushbu kitobning mazmun mohiyati to’g’risida so’z yurita turib, Murojaatnomada asosan mamlakatimizning 2018 yil innovatsion rivojlanishdagi ustuvor yo’nalishlari ochib berilganligini aytib o’tishdi. Tadbirda qatnashgan talabalar Murojaatnoma bilan tanishib chiqqanligi, unda ko’rsatilgan ustuvor yo’nalishlar to’g’risida etarlicha ma’lumotga ega bo’lganligi davra suhbatini qiziqarli va sermahsul o’tishini ta’minladi. Qatnashchilar tadbir davomida o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’liq javoblar olishdi.

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

Axborot-resurs markazi etakchi mutaxassisi

O.Ibragimova

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?