Ekofaol yoshlar tomonidan hudud obodligi yo‘lida amaliy tashabbus

2026-yil 10-may kuni Guliston davlat universitetida tahsil olayotgan faol talabalar hamda volontyorlari tomonidan hudud obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Ushbu tashabbus doirasida fakultetga qarashli landshaft hududi begona oʻtlardan tozalanib, atrof-muhit yanada ozoda va ko‘rkam holga keltirildi.
Talabalarning bunday ezgu ishlarga befarq bo‘lmay, jamoaviylik ruhida faol ishtirok etayotgani ularning nafaqat bilim olishga, balki ijtimoiy mas’uliyatni his etishga ham katta e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi. Bu kabi tashabbuslar yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?