Volontyorlar bilan birgalikda ekologik tashabbus

2026-yil 25-sentabr kuni Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari hamda “Volontyorlar” guruhi hamkorligida obodonlashtirish va hududni tozalash ishlari tashkil etildi.

Ekologik aksiya davomida talabalar faol ishtirok etib, universitet hududining tozaligi va obodligini ta’minlash, yashil maydonlarni asrash hamda atrof-muhitga e’tiborli munosabatni shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bunday tashabbuslar talabalarda ekologik madaniyat va tabiatga mas’uliyatli munosabatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.







Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?