Universitet tarixi

Hozirgi Guliston davlat universiteti 1965- yilda ilk marta ish boshlagan Sirdaryo davlat pedagogika instituti (SDPI) zaminida tashkil etilgan. Ko’pmillatli ko’hna Mirzacho’l hududida o’zbek, qozoq, rus, tojik maktablari mavjud bo’lib, ularda pedagoglar, fan mutaxassislari yetishmasligi o’lkada oliy ta’lim muassasasining tashkil etilishiga asos bo’lgan. Dastlabki yili institutda 1ta fakultet (filologiya)ga 400 nafar talaba qabul qilingan. Jami 5ta kafedra mavjud bo’lgan. Kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqib, fakultetda o’zbek, rus, qozoq tili va adabiyoti, xorijiy tillar bo’limlari ochilgan. Dastlabki yili institutda 30 nafar o’qituvchi (shundan 5 nafar fan nomzodi) faoliyat yuritgan.

Birinchi o’n yillikda institutning poydevori qurilib, yangi fakultetlar : matematika, fizika, jismoniy tarbiya, sirtqi bo’limlar, kutubxonachilik, boshlang’ich ta’lim, tarix yo’nalishlari ochildi. 1976- yilgacha institut xalq xo’jaligiga va ta’lim tizimiga 3200 mutaxassis tayyorlab bergan. Ilmiy darajasi bor o’qituvchilar 5 nafardan 39 nafarga yetgan. Anqoboy Quljonov, Xudoyberdi Doniyorovlar institut dargohida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ikkinchi o’n yillikda dars jarayonlarini texnik vositalar bilan ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, telemarkazning ishga tushishi, texnik vositalar orqali dars o’tish, teleekranlarda namoyish qilish orqali kirish imtihonlari, davlat imtihonlari qabul qilish tajribasi respublikadagina emas, sobiq sho’ro davlatida ham katta qiziqish uyg’otgan. Fakultetlar safiga pedagogika, hamda tarix va boshlang’ich ta’lim uslubiyati fakulteti ham qo’shilgan, biologiya yo’nalishi bo’lim sifatida ochilgan. Ilmiy salohiyat ham o’sgan. 1 ta doktorlik, 25 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.

Uchinchi o’n yillik Guliston shahrida hozirgi universitet yangi binosi qurib bitkazilishi bilan yodda qoldi. Yorug’ va shinam o’quv xonalari, zamonaviy usulda jihozlangan kabinetlar, laboratoriyalar, kafedralar har qanday taraqqiy topgan xorijiy davlat ham havas qilsa arzigulik holda edi.

sayt-korinishi-uchun/yangi-bino.jpg

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?