Universitetda guruh murabbiylarining faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish maqsadida Murabbiylar Kengashi tuzilgan. Ushbu Kengashga universitet rektorining 2017 yil 18 dekabrdagi 37-12-sonli farmoyishi bilan “Tarix” kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.Bekturdiev Kengash raisi etib tayinlangan.
Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan 6ta fakultetda jami 208ta guruhlar mavjud bo’lib, mazkur guruhlarga universitet rektorining 2017 yil 2 sentyabrdagi 493-O-sonli buyrug’i bilan murabbiylar biriktirilgan.
Murabbiylar Kengashi faoliyati universitet rektori tomonidan 2017 yil 28 dekabrda tasdiqlangan “Murabbiylar Kengashi to’g’risidagi Nizom” hamda 2018-2019 o’quv yiliga mo’ljallangan ish rejasi asosida olib borilmoqda.
Murabbiylar Kengashi faoliyati universitet Kengashi yig’ilishlarida reja asosida muhokama qilib boriladi.