Aziz hamyurtlar!
Guliston davlat universitetining rektorati, butun jamoasi Sizni kirib kelayotgan mo’tabar ayyom – Navro’zi olam bilan samimiy muborakbod etadi!
Shu ajoyib kunlarda millati, tili, dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, har qaysi oila Navro’z bayramini shodu xurramlik bilan bahor sog’inchi va katta orzu-niyatlar bilan kutib olmoqda.
2018 yilning Navro’z shodiyonalari xalqimiz qalbini dunyoga, birinchi navbatda qo’shni mintaqalarga keng ochayotgan, butun olamda tinchlik, osoyishtalik, o’zaro hamkorlik rishtalarini maxkam bog’lashga har qachongidan ko’proq intilayotgan bir muhitda o’tayotgani yanada quvonchli. Muhtaram Prezidentimizning bu boradagi sa’y-harakatlari, qo&…