Guliston davlat universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 11-iyul kuni Guliston davlat universitetining Faollar zalida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bitiruvchi talabalarga bag‘ishlangan tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir universitetning Registrator ofisi tomonidan tashkil etildi. Tadbirni universitet rektori M.T. Xodjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida rektor bitiruvchilarni hayotlaridagi yangi bosqich — mustaqil hayot sari yo‘l olganliklari bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusida yurtga sadoqatli, malakali va fidoyi mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga tilaklar bildirdi.Tadbirda shuningdek, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi A. Rahmonov ham ishirok etib bitiruvchi yoshlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi va katta hayot yo‘llarida omadlar tiladi. Marosimning amaliy qismida Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakultetidan 206 nafar, San’atshunoslik fakultetidan 91 nafar va magistratura bosqichidan 82 nafar talaba, jami 379 nafar bitiruvchiga davlat namunasidagi diplomlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

Tadbir yakunida bitiruvchilarning ushbu unutilmas kuniga bag‘ishlab madaniy-ma’rifiy konsert dasturi namoyish etildi.



Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?