Usta kulol kasbga o‘qitish markazi

    Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Amaliy san’at va dizayn kafedrasida tashkil etilgan “Usta kulol” o‘quv kursi faoliyati hamda kam ta’minlangan va ishsiz yoshlar uchun kasb-hunarga o‘qitish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentabr kuni “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bandligini oshirish, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Amaliy san’at va dizayn kafedrasi qoshida “Usta kulol” o‘quv kursi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur o‘quv kursining asosiy maqsadi kam ta’minlangan oilalar a’zolari va ishsiz yoshlarni milliy hunarmandchilikning qadimiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kulolchilik san’atiga o‘rgatish, ularda kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma va ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish hamda kelgusida mustaqil mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Hozirgi kunda “Usta kulol” o‘quv kursida jami 7 nafar tinglovchi  tahsil olmoqda. Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga kulolchilik san’atining nazariy asoslari va amaliy jihatlari, loyga ishlov berish, kulolchilik charxida ishlash, milliy sopol buyumlar tayyorlash, ularga badiiy bezak berish hamda tayyor mahsulotlarni pishirishga tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida tinglovchilarning amaliy mahoratini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, milliy kulolchilik an’analari asosida kosa, piyola, lagan, ko‘za, guldon va boshqa turdagi sopol buyumlarni tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, kurs ishtirokchilariga o‘zlari tayyorlagan mahsulotlarning sifatini baholash, ularni bezash, dizayn yechimlarini ishlab chiqish, mahsulot tannarxini hisoblash va kelgusida hunarmandchilik faoliyati orqali daromad topish imkoniyatlari haqida tushunchalar berilmoqda.

 Kurs faoliyati natijasida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

1.Kam ta’minlangan oilalar a’zolari va ishsiz yoshlarni kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish.

2. Yoshlarni milliy hunarmandchilik va kulolchilik san’atiga keng jalb etish.

3. Tinglovchilarning mustaqil ravishda kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash malakasini shakllantirish.

4. Yoshlarning ijodiy qobiliyatlari va estetik dunyoqarashini rivojlantirish.

5. Kurs bitiruvchilarini kelgusida hunarmandchilik faoliyati va tadbirkorlikka yo‘naltirish.

6. Milliy kulolchilik san’atini rivojlantirish va uning an’analarini yosh avlodga yetkazish.



Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?