Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Guliston davlat universiteti rektori, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Xodjiyev Sayxunobod tumanidagi “Turon” va “Guliston” MFYlarida mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq muloqot shaklida kechgan mazkur uchrashuvlarda M.Xodjiyev 2-chorak davomida o‘z faoliyatining yakunlari bo‘yicha ma’lumot taqdim qilib, tumandagi 35-umumta’lim maktabida universitet tomonidan “Robototexnika” markazini tashkil etilish taklifini ilgari surdi. Shuningdek, saylovchilarning murojaat va fikrlari tinglanib, tegishli mas’ullarga mazkur masalalar yechimi yuzasidan rasmiy murojaatlar yuborilishini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
