Guliston davlat universitetida “Ijodkor yoshlar” klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Ijodkor yoshlar haftaligi" doirasida "Mushoira" o‘tkazildi. Tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshligʻi Otabek Bazarov, professor Ravshanbek Mahmudov, prorektor Faxriddin Niyazov, ijodkor talabalar va sheʼriyat ixlosmandlari ishtirok etishdi. "Mushoira" uch qismdan iborat boʻldi. Birinchi qismda ijodkor yoshlar oʻzlarining ijodidan namunalar oʻqidilar. Ikkinchi qismida esa tomoshabinlar ham qamrab olindi, yaʼni ular ham oʻzi bilgan sheʼrlarni ishtirokchilarga armugʻon etdilar.
Eng muhim qism - uchinchi qismida bahr-u bayt tashkillashtirildi, unda "Boshlangʻich taʼli…