Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi
Kafedra mudiri –Abduraimov Ikromjon Ravshanbekovich
Lavozimi: Kafedra mudiri
Ma’lumoti: Oliy. Guliston davlat universiteti.
Tarix, jamiyatshunoslik, davlat huquq asoslari. Xorijiy til: Rus
Telefon: (+99894) 9462180
Elektron manzili: abduraimov.ikromjon.80@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni
“Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 tsentabrdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PQ-3289 qaroriga asosan Respublikamizda malaka oshirish institutlari tugatilib hududiy malaka oshirish markazlari tashkil etildi. Markaz qoshida “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashkil etildi.
Bugungi kunda kafedrada 2 nafar fan doktori-professorlar, 1 nafar fan nomzodi–dotsent, 4 nafar katta o’qituvchilar, jami 7 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 43% ni tashkil etadi.
Kafedraning bosh mavzusi:
“Xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim pedagoglarining kasbiy malakasini oshirish, pedagogik-psixologik ta’limining yangi mazmuni va texnologiyasini yaratish”
Kafedraning maqsadi:
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta-maxsus ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda, Guliston davlat universitetining qaror, buyruq, ko’rsatmalari asosida, kafedra yo’nalishlari malaka oshirish kurslarida o’quv-metodik, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining samaradorligini oshirish.
“Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor–o’qituvchilari tomonidan “Maktab amaliyotchi psixologlari” va barcha malaka oshirish kurslarida ta’lim texnologiyalardan samarali foydalangan holda dars mashg’ulotlari tashkil etilmoqda.
“Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-o’qituvchilarining yo’nalishlar bo’yicha xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim xodimlariga metodik yordamni tashkil etish borasida 2ta monografiya, 4 ta o’quv qo’llanma, 30 dan ortiq metodik tavsiyalari, 30 dan ortiq metodik ko’rsatmalar, Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ko’plab maqolalari chop etib kelinmoqda.
“Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari”
kafedrasining professor-o’qituvchilari:
1. Abduraimov Ikromjon–kafedra mudiri.
2. Yo’ldoshev Qozoqboy - pedagogika fanlari doktori, professor.
3. Raximov Baxtiyor - pedagogika fanlari doktori, professor.
4. Eshmurodov Abdumannob – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
5. Yunusmetova Nasiba – katta o’qituvchi.
6. Nuralieva Nargiza - katta o’qituvchi.
7. Shirinov Otabek - katta o’qituvchi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



