BAKALAVRIATGA QABUL
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistr

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

BAKALAVRIATGA QABUL

BAKALAVRIATGA QABUL

Guliston Davlat Universiteti

Oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom" ga muvofiq amalga oshiriladi

 

Ushbu Nizom “Ta‘lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom harbiy ta‘lim muassasalariga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Oliy ta‘lim muassasalari qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.

Oliy ta‘lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Oliy ta‘lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta‘minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Tanlov har bir oliy ta‘lim muassasasi bo‘yicha ta‘lim yo‘nalishlari, o‘qitish tillari va shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi.

Test sinovlari, shuningdek ularni o‘tkazish tartibini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy ta‘lim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta‘minlaydilar.

Test sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta‘lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Oliy ta‘lim muassasasida ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Abituriyent test sinovlarini oliy ta‘lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi. Bunda o‘zbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent o‘z arizasiga asosan test sinovlarini o‘zbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalari ta‘lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi. Abituriyent o‘qigan chet tilidan qat‘iy nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.
Agar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari o‘tilmasdan boshqa chet tillari o‘qitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi o‘rniga ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihon topshiriladi. 
Oliy ta‘limning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan ta‘lim yo‘nalishlari ro‘yxati Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ayrim ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta‘lim yo‘nalishlariga qabul ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan ta‘lim yo‘nalishlari ro‘yxati Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu ta‘lim yo‘nalishlariga arizalar ko‘rsatilgan tillarda o‘rta ta‘lim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki ko‘rsatilgan tillarda umumiy o‘rta ta‘lim muassasasini tugatib, akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo‘lgan abituriyentlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, ko‘p balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yig‘indisi shaxsan oliy ta‘lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur tilini (ingliz, nemis va frantsuz tillari o‘qitilmagan holda) chet tili sifatida o‘qigan abituriyentlar mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar bo‘yicha esa test sinovlaridan o‘tadilar.
Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va frantsuz filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiradigan abituriyentlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ushbu fanlar bo‘yicha yagona dastur va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va oliy ta‘lim muassasalariga yetkaziladi. 
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarida ispan, arab, fors, dariy, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur tili bilan birgalikda ingliz, nemis va fransuz tillari ham o‘qitilgan holda (ushbu fanlar abituriyent diplomi ilovasida mavjud bo‘lganda) abituriyent arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dariy, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur tilidan biri bo‘yicha ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradi.
Respublika tibbiyot oliy ta‘lim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik “Oliy hamshiralik ishi” ta‘lim yo‘nalishiga qabul faqat o‘rta maxsus kasb-hunar tibbiy ma‘lumot (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.


Oliy ta‘lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limning ta‘lim yo‘nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta‘lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma‘lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori

7660 | 2018-01-10 11:13

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarga qabul 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news