
16942
Jami talabalar soni
7680
Kunduzgi ta'lim
8338
Sirtqi ta'lim
149
Magistratura
Magistratura bo'limi boshlig'i:: Sharapova Saboxat
Psixologiya fanlari doktori (DSc)
Qabul kunlari: Dushanba - Payshanba (14:00-16:00)
rus tili, ingliz tili
:998 97 331 71 70
sabokhat.sharapova@guldu.uz
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida o’qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizom magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibi, umum qabul qilingan xalqaro standartlarga binoan, magistrlik dissertasiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talabalarni belgilaydi. Nizomning 4-bandiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni: magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishiga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o’qitish sifatini nazorat qilishga ko’maklashishni; o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini; oliy ta’lim muassasalari bilan bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni; magistrlarni o’qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringini amalga oshirishni magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Magistratura to‘g‘risidagi nizom
Ma'lumotnoma
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimining barcha turlarini, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimizda 1997 yil 29 avgustda ta’lim yo‘nalishini dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatlariga ko‘ra, 1999 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasidagi bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berishning ikkinchi bosqichi magistratura bo‘limlari ochilib, magistrlar tayyorlana boshlandi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq Guliston davlat universiteti (GulDU)da 2019-20225 o‘quv yilidan boshlab magistratura bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Guliston davlat universiteti magistratura bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq alohida bo‘lim sifatida shakllantirilib, magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-sonli “Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida faoliyat yuritmoqda.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish