Birsel Oruç Aslan

Xalqaro hamkorlik amalda: Balıkesir universiteti professori GulDUda ma’ruza boshlaydi

Guliston davlat universiteti hamda Turkiyaning Balıkesir universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida o‘qituvchilar almashinuvi dasturi izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur dasturga muvofiq, Balıkesir universiteti Turk tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari falsafa doktori, dotsent Birsel Oruç Aslan xonim 17-fevraldan boshlab Guliston davlat universitetining O‘zbek tilshunosligi kafedrasida talabalarga “Til tarixi” fanidan 20 soatlik ma’ruza mashg‘ulotlarini olib boradi.

Bugun universitetda turkiyalik mehmonni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor D.Eshmurodov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.Pozilov kutib oldilar. Uchrashuv davomida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi bilan hamkorlikda Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, qo‘shma monografiyalar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar kelgusida akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.



Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?