Guliston davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda: Navbatdagi manzil — Gonkong!

Guliston davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori D.Eshmurodovning Gonkongga tashrifidan navbatdagi xushxabarlar!

Dunyoning eng kuchli universitetlari reytingida (QS World University Rankings) yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan City University of Hong Kong hamda The Chinese University of Hong Kong bilan strategik hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.


Ushbu nufuzli oliygohlar bilan erishilgan kelishuvlar universitetimizning xalqaro nufuzini oshirish va talabalarimiz uchun global imkoniyatlar eshigini ochishda yangi davrni boshlab beradi.



Muzokaralar natijasida talabalar almashinuvi, universitetimiz yoshlari Gonkongning yetakchi universitetlarida bilim olishi, zamonaviy laboratoriya va kutubxonalardan foydalanishi hamda xalqaro muhitda tajriba orttirishlari yuzasidan kelishuvga erishildi.


Shuningdek, pofessor-o‘qituvchilar Ikki tomonlama pedagogik tajriba almashish, xalqaro dars berish ko‘nikmalarini rivojlantirish va qo‘shma o‘quv dasturlarini joriy etish bilan birga, dunyo miqyosidagi nufuzli konferensiya, simpozium va forumlarda birgalikda ishtirok etish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?